www.ziyouz.com кутубхонаси
4
hokimiyat birinchi o‘ringa qo‘yilganligi uchun ba’zi musulmon davlatlari (chunonchi,
Tarablus, Lubnon - (Livan) amirlari o‘zining musulmon raqiblariga qarshi kurashda
Ovrupodan yopirilib kelgan salibchilar bilan ittifoq tuza boshladilar.
Salibchilar musulmon hukmdorlarining o‘zaro nizolaridan foydalanib Shom
(Suriya) va Falastin shaharlarini bosib ola boshladilar. Ular 1096-1098 yillarda Frot daryosi
sharqida Antioxiya davlatini barpo etdilar. 1099 yil yozida Ovrupo salibchilari Vizantiya
imperatori bilan birlashib, Quddusi sharifni qamal qildilar. Shahardagi mingtagina
musulmon lashkari salibchilarning 40 mingli qo‘shini hujumini 5 hafta davomida qaytarib
turdilar. 1099 yilning 15 iyulida Quddusi sharifga bostirib kirgan salibchilar shahardagi
musulmonlarni, masihiylarni va juhudlarni ommaviy ravishda qirdilar. Qirg‘indan omon
qOltanlarni qul qilib sotdilar. Ana shu qirg‘indan so‘ng masihiylar va muslimlar
salibchilarning diniy e’tiqodi uchun emas, talonchilik maqsadida kelganligini anglab
yetdilar.
Xuddi shu paytlarda Vizantiya-Rum podshosi Roman Diogen Misr g‘oziylari hujumidan
ko‘ngli tinchib, sharqdan kelayotgan Saljuqiylarga qarshi kurashga bor kuchini tashladi.
Sadriddin Ali al-Husayniy «Zubdatut tavorix» yoki «Axbor ad-davlati as-Saljuqiya» asarida
yozishicha, sulton Alp Arslon bir vaqtning o‘zida (1070-1080 yillarda) Vizantiyaga va
Turkistondagi qoraxoniylarga qarshi kurashgan. Sulton Alp Arslonga qarshi urushda Sharqiy
Turkiston va Movarounnahr shaharlarini mudofaa qilgan qoraxoniylar hukmdori Tobg‘och
Bug‘ro Qoraxon Abu al-Qosim ibn Sulaymon (1077-1113) saroyida «Qutadg‘u bilig»
muallifi, bolosog‘unlik Yusuf xos Hojib xizmat qilgan edi. Atoqli ulamolardan Ziyo
Bunyodovning aniqlashicha, Tobg‘och Bug‘roxon mashhur «Devonu lug‘otit turk» muallifi
Mahmud Qoshg‘ariyga homiylik qilgan. Qoraxoniylar adolatga katta e’tibor berganlar.
Saljuq sultoni Malikshox uzoq janglar davomida Qoraxoniylar davlatini chekintirdi.
Ikkala musulmon davlati xukmdorlarining o‘zaro urushi shariatga zid edi. Bu yerda
asosiy ayb kimda ekanini tarixchilar haligacha aniqlayolmadilar. Mantiqan Oltanda,
ikkala islomiy davlat xukmdorlari tinch-totuv yashashlari zarur edi. Oxirida ular sulh
tuzishga erishganlar. Shundan so‘ng Alp Arslon qo‘shinlari Xitoydan Shomgacha bo‘lgan
mamlakatlarni egallashdi.
Sulton Malikshoh bilan uning vaziri Nizomul-Mulk tarixda birinchi marta (Beruniy
davridan) so‘ng barcha sharq munajjimlarini anjumanga to‘plab 21-22 mart kunlari
Navro‘z - yangi yilning boshlanishi deb e’lon qilganlar.
Malikshoh zamonida Umar Xayyom, Abu Homid G’azzoliy, Abul Fazl Bayhaqiy, Mahmud
Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Nizomiy Aruziy, Nizomiy Ganjaviy, Abul Qosim Kushayriy,
(«Tafsirul kabir» muallifi), Muizziy, Fahoiddin Gurgoniy kabi shoirlar va allomalar yashab ijod
qildilar.
Manbalarda aytilishicha, Malikshoh zamonida musulmonlar va hoistianlar o‘zaro
ahil-inokdikda adolatli va farovon jamiyatda yashaganlar, g‘am-kulfat ko‘rmaganlar (Ziyod
Bunyodov, «Axbor ad-davlat as-Saljuqiya» muqaddimasi. Moskva, 1980 yil, 20 bet).
Vizantiya imperatorining oltin taxtida oltin ustunli chodirlarda oltin xoch - salib ushlab,
zeb-ziynatda dabdabali va hashamatli hayot kechirishini, son-sanoqsiz boyliklar uni
mag‘lubiyatdan qutqazolmaganini o‘qiganimizda, Abu Homid G’azzoliy «Kimiyo»sining
«Mol-dunyo ofati haqida» bobida aytilgan fikrlar xayolimizga keladi: «Vaqtiki (mansab) va
hashamat zavqi paydo bo‘lsa, dini islom yo‘liga to‘siq bo‘lur. Va dil nifoq, xiyonat va
ixtilofga oluda (aralash) bo‘lur». Muhammad rasululloh aytgan ekanlar: «Mol-dunyoning
odamlar orasida sho‘rish, g‘avg‘o solishi ikki-uch bo‘rining qo‘ylar orasiga kirib sho‘rish,
g‘avg‘o solishiga o‘xshashdir».
Vazir Nizomul-Mulk sevimli shogirdi imom G’azzoliy bilan maslakdosh, fikrdosh bo‘lgan.
Bir kuni Nizomul-Mulkning dushmanlari Malikshohga arz qilib: «Vazir faqihlar, so‘fiylar va