Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
219
dodxohlarning arzini tinglay olmaganimga yig‘larman. Farmon qildiki, arzi bor, mazlum 
(zulm ko‘rgan) odamlar qizil egin kiysinlar. O’zi har kuni filsuvor bo‘lib (filiga minib), 
ko‘chama-ko‘cha yurib, qizil eginli odamni chorlab, faryodralik qilur edi (dod, faryodini 
tinglab, mushkulini oson qilur edi). Yo, amiral-mo‘‘miniyn, bu bir kofirning tariqi (tutgan 
yo‘li)durki, Haq taolo bandalariga rahm-shafqat qilmoq uchun muncha ishni lozim tutibdur. 
Bas, sen hazrati rasul alayhissalomning ahli baytlaridansan. Fikr qilg‘ilki, musulmonlarg‘a 
rahm va shafqat bundan ziyoda bo‘lishi vojibdur». 
Abu Quloba bir kuni xalifa Umar ibn Abdul-Aziz bilan so‘zlashib qoldi. Xalifa aytdi: 
«Nasihat, maslahat bergil». Abu Quloba aytdi: «Odam alayhissalomdan to bu vaqtgacha 
sendan boshqa xalifa qolmabdur». Xalifa aytdi: «Tag‘i ziyoda qilg‘il». Abu Quloba aytdi: 
«Bu yer yuzida xalifa bo‘lsang ham bir kuni o‘larsan». Xalifa yana nasihat so‘radi. Zohid 
aytdi: 
- Agar Xudoi taolo sening bilan bo‘lsa nimadan qo‘rqarsan? Agar sening bilan bo‘lmasa, 
kimning panohiga sig‘inursan? 
Xalifa aytdi: «Degoning kifoyatdur». 
Sulaymon ibn Abdul Malik xalifa edi. Bir kuni andisha qildiki, bu olamning 
ne’matlaridan chindan bahramand bo‘ldim, qiyomat kuni holim ne kechgusidur? Ersa 
Abu Xozim Makkiy rahmatillohi alayhga ul zamonning olimu zohidlaridan edi, kishi yuborib 
aytdiki, «Iftor qilur taomdan menga jizya bersunlar». Abu Xozim ul odamga qurigan kepak 
nondan bir burda berib yubordi: «Mening iftorlik taomim ushbudir» dedi. Xalifa Sulaymon 
buni ko‘rib, bisyor yig‘ladi. Bu voqea ko‘ngliga ta’sir qilib, uch kun ro‘za tutdi va iftorda 
hech narsa yemadi. Uchinchi kecha boyagi qotgan kepak non birla iftorlik qildi. 
Aytibdurlarki. ul kecha xalifa xotini birla suhbat qildi. O’g‘li bo‘lg‘usi xalifa Abdul Aziz 
vujudga keldi. Va ondin Umar ibn Abdul Aziz vujudga keldiki, yagonai jahon erdi. Xalifa 
Umar ibn Abdul Azizning adolati va fazlu kamollari ul halol taom birla ta’yin debdurlar. 
Umar ibn Abdul Azizdan so‘radilarki: «Tavba qilmoqning sababi nedur?» Xalifa 
aytdi: «Bir kuni g‘ulomni (qulni qaysidir xatosi uchun) urdim». G’ulom aytdi: «Yod qilg‘il ul 
kechaniki, aning tongi qiyomat bo‘lg‘ay». Ersa, g‘ulomning bu so‘zlaridan tavbaga 
musharraf bo‘ldim». 
Buzurglardan biri Xorun ar-Rashidni ko‘rdiki, yalangayog‘ini qizigan toshga bosib 
turibdur. Aytadurki: «Ey, bori Xudoyo, sen podshohsan va men ojiz bandangman. Mening 
ishim shulki, har qadamimni bir gunox yuzasiga qo‘yurman va sening ishing ulki. har 
zamon afu va mag‘firat qilursan. Bas, menga rahm qilg‘il». 
Umar ibn Abdul Azizga bir kuni Abu Xozim aytdi, tuproq ustida yotg‘il va o‘lum xayolini 
boshingga takya (yastiq) qilg‘il. Va har nski. o‘lar vaqtda keraklidur, ani izlagim. Har ieki, 
o‘lar iaqtda ssnga ozurdalik (mashaqqat) keltirur, aiingdan yiroq bo‘lg‘ilki. o‘lim yaqindur». 
Bas. podshoh va amirlarga lozimdurki, bu nasihatlarni qulog‘iga olib, bu hikoyatlarni 
xotirlarida saqlag‘aylar va ulamolarning pand-nasig‘atlarini g‘animat bilg‘aylar. 
Va ulamolarga ham lozimduri, haq so‘zlarni podshohlarga bemalol aytgaylar va 
ularning ra’yiga borib, shariatga xilof ishlarga fatvo bermagaylarki, zolimning fisqu 
fasodlariga sherik bo‘lmag‘aylar. 
To‘qqizinchi qoida ulki, podshoh va amirlar o‘zi zulm va fasod qilmagaylar. O’ziga tobe’ 
amaldor va chokarlariga (xizmatchilariga) zulm fasodini man’ qilg‘aylarki, bularning 
zulmlarini qiyomat kuni podshohva umarodan so‘roq qilurlar. Umar ibn Xattob r.a. bir kuni 
(faqihlar yetakchisi. imom) Abu Muso al-Ash’ariyg‘a noma bitdi. Nomaning mazmuni shu 
ediki. «Ammo ba’d. ne baxt (saodatli) inson uldirki. ra’iyatparnar bo‘lgay ummol va 
chokarlar (xizmatchilarniig) xalqqa jabr-zulmini man’ etgay, toki ularning ra’iyatga 
jabr-zulmi sababli sen oxiratda halok bo‘lg‘aysan». Kitobda kelibdurki, sultonning 
xizmatkorlari qilgan har bir zulm sultonning zulmi hisoblanur va buning hisobini 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin