tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]
A ch - chimli qatlam;
A 1 - chirindi to‘planadigan qatlam;
A t - torfli qatlam;
A t -torfli gorizont, ortiqcha nam va organik qoldiqlar ko‘p bo‘lib, bular to‘la chirib
ulgurmaydi va qattlanib qoladi. chala chirigan qatlamlar yig‘ilib shu torflarni hosil qiladi.
S - bo‘lsa tuz qatqalog‘i belgilanadi. Asosan sahro zonasi tuproqlarida uchraydi. Ona jins
S –tuproq paydo bo‘lish jarayonida sezilarli o‘zgarmaydi. o‘zgarishga uchramaydi. Xar bir
gorizont bir-biriga o‘tganda aniq bir morfologik belgisiga qarab ajraladi.
Ba’zi tuproqlarda
T ham bo‘ladi bu torfli gorizont u o‘zining kelib chiqishiga qarab:
T
1
- chirimagan torfli qatlam;
T
2
- chala chirigan torfli qatlam;
T
3
- to‘liq chirigan torfli qatlam;
G -gleyli gorizon. Bu hamma qatlamda uchrashi mumkin. Ag:Bg,Cg deb belgilanadi.
Gleyli qatlamlar asosan gidromorf sharoitda hosil bo‘lgan tuproqlarda hosil bo‘ladi. YUqori
namlikda och havo rang bo‘lib, Fe ta’sirida va kislorodsiz sharoitda hosil bo‘ladi. Hozirgi
kunda nomlash va tuproq qatlamlarini belgilarini dunyo tuproqshunosligida umumiy qabul
qilingan tizim mavjud emas desak ham bo‘ladi. Tuproq paydo bo‘lishida yuzaga keladigan
jarayonlar tuproq nomlanishida aks etsagina maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, qora
tuproqlar unda chirindi miqdorini ko‘pligi sababli rangi qoraligi uchun kechadigan jarayonlarga
bog‘liq holda nomlangan.
Tuproqning asosiy morfologik belgilariga: tuproq profilining tuzilishi, tuproq va uning
alohida gorizontlarining qalinligi, rangi (tusi); mexanik tarkibi; strukturasi; qovushmasi; yangi
yaralmasi va qo‘shilmasi singarilar kiradi. Bularni o‘rganish maqsadida tuproq chuqur (razrez)
lari kovlanadi.