182
Mavsumiy talab - iste'mol qilish yaqqol mavsumiy harakterga ega bo’lgan
tovarlarga talab.
Makro-marketing - mamlakatning jami xo’jaligi miqyosida mahsulotlarni
yaratish va uning pirovard iste'molchiga tomon harakati
jarayonida qatnashadigan
faoliyat va muassasalarni birlashtiradigan tizim.
Makro-talab - talabning nisbatan katta miqyosda, yirik hajm, keng ko’lam,
ko’p tovarlar bo’yicha yaxlit ko’rinishi.
Maksimal narx - aniq tovar narxining eng yuqori chegarasi.
Mamlakatning oltin xazinasi - asosan xalqaro hisoblarni ta'minlash uchun
mo’ljallangan markaziy bankda turadigan oltin fond jamg’armasi.
Marketing - ayirboshlash yo’li bilan kishilar talab va ehtiyojlarini qondirishga
yo’naltirilgan faoliyat.
Marketing byudjeti - korxona ko’zda tutilgan darajada tovar sotish va
foydasini ta'minlaydigan marketing xarajatlari.
Marketing kontseptsiyasi - korxona imkoniyatlarini
bozor talablari darajasiga
moslashtirish.
Marketing-miks - uning asosida tovar sifati va xizmatini takomillashtirish,
moslanuvchan narx siyosati, reklama,
savdoni kuchaytirish, mahsulot sotish shartlari,
tovar harakati yo’llari va hokazolar. Amalda "4R" formulasi yordamida vujudga
keladi: 1-narx (Price); 2-mahsulot (Product); 3-o’rinjoy (R1ase); 4-siljish
(Promotion).
Dostları ilə paylaş: