57
balandligi, o’zini katta tutishi sezilib turadi;
O’ziga bo’ysinuvchilari oldida qovog’i solingan
kayfiyatda bo’ladi.
Xullas avtokratik rahbar, o’ziga bino qo’ygan, dimog’dor,
o’z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan,
hukmini o’tkazishga intiladigan kishilarda etishib chiqadi.
Bunday
rahbar nazoratdan chetda qolsa, o’sha erda
dag’allik, takabburlik, tazyiq o’tkazish, majbur qilish kabi
o’ta salbiy holatlar avj uradi.
Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon
deb bo’lmaydi. Ba'zi bir hollarda bo’ysinuvchilarning
madaniy darajasi, ahloqi
pastligi sababli avtokratik
uslubni tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin.
Liberal rahbar
Bunday turdagi rahbar:
Irodasiz, tashabbussiz bo’ladi;
O’z zimmasiga ma'suliyat olishni yoqtirmaydi;
Ishni o’z holiga tashlab qo’yadi;
Idoraga nisbatan qat'iy bo’lishdan hayiqadi;
O’zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;
Biron xodim bilan
ham aloqani buzishni istamaydi;
Talabchan emas, sust nazorat qiladi.
Demokratik rahbar Bunday turdagi rahbar:
Boshqarish funktsiyalarini jamoa fikri bilan
hisoblashib amalga oshiradi;
Ishlab chiqarishni boshqarishga xodimdlarni jalb
qiladi, ularning bildirgan fikriga quloq soladi,
ular bilan
maslahatlashadi, ijobiy natijalarini inobatga oladi;
Barcha bilan barobar va samimiy munosabatda
bo’ladi, ustunligini bildirmaydi;
Buyruq berish yo’li bilan emas, balki ishontirish
uslubida
ish tutadi;
Bo’ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy
faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o’rtoqlik va ishchan
58
muhitni yaratadi.
Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. hayotda har bir
rahbarning ish uslubi har hil bo’ladi, lekin yuqoridagi
uch uslubdan biri yaqqolroq
sezilib turadi. Turli xil ishlab chiqarish vaziyatlarida xar xil xodimga nisbatan
rahbarlikining ijobiy tomonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab
ish tutishi va bo’ysinuvchilarning o’ziga xos shaxsiy xislatlarini hisobga olib
muomala qilishi kerak
Dostları ilə paylaş: