Microsoft Word Moliyaviy hisob-2



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə12/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102
Dastlabki qiymat;

  • Sotish qiymati;

  • Tugatish qiymati;

  • Qoldiq qiymati;

  • O’rnini qoplash qiymati.

    Dastlabki qiymat — aktivni xarid qilishda haqiqatda to’langan pul mablag’lari yoki uni barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir. Xarid qilishning haqiqiy qiymati asosiy vositani xarid qilish va uni ishlatish uchun tayyor holga keltirishda qilingan barcha xarajatlarni, ya’ni: xarid narxi, yuridik yig’imlar va boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Tashkilot tekinga olgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati ekspert yo’li bilan bozor narxida baholangan qiymat bo’yicha tan olinadi. Tekinga olingan asosiy vositani kirim qilingan sanada amal qilgan narx asosida joriy bozor qiymati shakllantiriladi. Amaldagi narx to’g’risidagi ma’lumotlar ham hujjatlar va ekspert yo’li bilan tasdiqlanishi kerak.
    Sotish qiymati asosiy vositalarni bitim paytida manfaatdor taraflar o’rtasida ayirboshlash mumkin bo’lgan summadir.
    Tugatilish qiymati chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida paydo bo’ladigan aktivlarning taxmin qilinayotgan qiymatidir.
    Qoldiq qiymati aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamg’arilgan amortizatsiyani chiqarib tashlangan holda asosiy vositalarning dastlabki yoki joriy qiymatidir.
    O’rnini qoplash qiymati korxona aktivdan keyinchalik foydalanish hisobiga qoplashni mo’ljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish qiymati.
    Asosiy vosita pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda ikkilamchi bozorda faol ishlayotgan shu singari aktivda aniqlangan bozor narxi bo’yicha ko’rsatilishi mumkin.
    Asosiy vositani xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zi tomonidan yaratilgan va uni yaratish chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo’lgan hollarda asosiy vosita haqiqiy tannarx bo’yicha aks ettiriladi.
    Ba’zi vaqtlarda asosiy vositalarni qayta baholashga ehtiyoj tug’iladi. Asosiy vositalarni qayta baholaganda asosiy vositaning butun zanjiri qayta baholanishi kerak. Qayta baholash natijasida asosiy vositaning balans qiymati ko’paygan holda ushbu ko’payish avvalgi bahodan oshadigan summada 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» hisobvarag’ining kreditida aks ettirilishi lozim. Qayta baholash natijasida asosiy vositaning balans qiymati kamaygan bo’lsa, bu kamayish avvalgi bahodan oshadigan summada xarajat sifatida tan olinadi.

    Yüklə 1,52 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin