Microsoft Word Moliyaviy hisob-2



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə10/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102

Tayanch so’z va iboralar


Moliyaviy hisob BHMS
Moliyaviy hisobot Ofsetting
Moliyaviy hisobot shakllari Moliyaviy hisobot davri
Kontseptsiya

Takrorlash uchun savollar


  1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga umumiy rahbarlik kim tomonidan amalga oshiriladi ?

  2. Bosh buxgalter qanday vazifalarini amalga oshiradi ?

  3. Buxgalteriya apparati qanday bo’limlardan tashkil topadi ?

  4. Hisob yuritish siyosati deganda nimani tushunasiz ?

  5. Moliyaviy hisobning qanday tamoyillari mavjud ?

Adabiyotlar: 1, 2, 4, 9, 11, 12, 13.

2 - BOB. ASOSIY VOSITALAR HISOBI

2.1. Asosiy vositalar hisobining ahamiyati va vazifalari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda asosiy vositalarning o’rni nihoyatda kattadir. Asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish jarayonida juda katta rol o’ynaydi, chunki ular barcha korxona tayanadigan va korxonaning ishlab chiqarish quvvatini baholash mezoni bo’lgan ishlab-chiqarish texnika bazasini tashkil etadi.
«Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMAning 7-bandiga asosan, asosiy vositalar uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Korxonalarda asosiy vositalarni hisobga olish quyidagilarni ta’minlashi lozim:

  • asosiy vositalarning harakati bilan bog’liq muomalalarni hujjatlarda o’z vaqtida hamda to’g’ri rasmiylashtirish;

  • asosiy vositalarning olinishi, joyi o’zgartirilishini to’g’ri va o’z vaqtida aks ettirish;

  • asosiy vositalarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo’lib, ularni hisobga olishni tashkil qilish;

  • asosiy vositalarni joriy hisobda hamda buxgalteriya balansida tegishli andozalarga va me’yoriy hujjatlarga asosan to’g’ri va o’z vaqtida baholash;

  • ularni sotib olinganidan keyin hisobdan chiqarilishiga qadar turgan joyi (foydalanish joyi) bo’yicha mavjudligi va saqlanishini, ayrim hollarda ularning saqlanishi uchun ma’sul bo’lgan shaxslar bo’yicha nazorat qilish;

  • asosiy vositalarning eskirishini to’g’ri va o’z vaqtida hisoblab chiqish hamda uni hisobda to’g’ri aks ettirish;

  • ta’mirlash bo’yicha xarajatlarni aniqlash va bu maqsadlar uchun ajratilgan mablag’larning oqilona ishlatilishini nazorat qilish;

  • eskirgan, xo’jalik uchun oshiqcha bo’lgan asosiy vositalarni o’z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;

  • hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo’yicha moliyaviy natijalarni to’g’ri va o’z vaqtida aniqlash.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin