Microsoft Word Moliyaviy hisob-2


Asosiy vositalar ta’mirini hisobga olish



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə18/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102

2.6. Asosiy vositalar ta’mirini hisobga olish


Asosiy vositalar foydalanish jarayonida ularning fizik xossa va sifatlari yo’qolib boradi. Ularni tiklash uchun korxona ta’mirlash ishlarini o’tkazishi mumkin.
Asosiy vositalar ta’mirining ikki turi mavjud:

  1. Kapital ta’mir;

  2. Joriy ta’mir.

Bir yildan ortiq muddatda o’tkaziladigan mashina va jihozlar ta’miri kapital ta’mir hisoblanadi. Bu ta’mirda agregatni qismlarga ajratish, barcha eskirgan detal qismlarni almashtirish yoki tiklash, yig’ish, sozlash va sinash ishlari bajariladi.
Bino va inshootlarni kapital ta’mirlashda eskirgan konstruktsiya va detallar ta’mirlanadigan ob’ektlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilaydigan yangilari yoki mustahkamroq va tejamliroqlari bilan almashtiriladi.
Kapital ta’mirda mashina va jihozlar uzoq muddatga to’xtatib qo’yilishi mumkin.
Joriy ta’mir bir yildan kam muddat ichida o’tkaziladi hamda mashina va jihozlarni uzoq muddatga to’xtatib qo’yish bilan bog’liq emas.
Ta’mir ishlari boshlanishiga qadar nuqsonlar qaydnomasi asosida tuziladigan smetalarga muvofiq har bir ob’ekt bo’yicha normativ xarajatlar miqdori aniqlanadi. Smetada ta’mirning barcha turlari uchun xarajatlar aniq bir jihoz turini ta’mirlashning mehnattalabligini tavsiflaydigan murakkablik birligiga to’g’ri keladigan normativlar bo’yicha yoki ularning turi hamda rejalashtirilgan ish hajmi bo’yicha xarajatlar me’yorlari asosida hisoblab chiqariladi.
Korxona asosiy vositalarini ta’mirlash pudrat yoki xo’jalik usulida bajarilishi mumkin.
Pudrat usulida bajarilganda korxona ta’mirlash - qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasini tuzadi.
Xo’jalik usulida esa ta’mir o’z kuchi bilan amalga oshiriladi.
Ikkala usulda ham ta’mirlash xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobidan qoplanadi.
Buning uchun esa korxonada maxsus zahira tashkil etiladi. Zahira O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ruxsati bilan tashkil etiladi. Zahira summasi korxonaning o’zi mustaqil belgilaydigan normativ miqdorda har oyda mahsulot tannarxiga o’tkazilib boradi. Normativ 5 yil muddatga qat’iy belgilangan summada yoki asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga nisbatan foizlarda ishlab chiqilishi kerak.
Zahira summasi buxgalteriya hisobida 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi» hisobvarag’ida hisobga olib boriladi. Ushbu hisobvaraq passiv bo’lib, u bo’yicha saldo ta’mir ishlarida foydalanilmagan zahira summasini aks ettiradi. Debet bo’yicha oborot - zahiradan ta’mir ishlarini bajarish bilan bog’liq ish va xizmatlar haqini to’lashda foydalanishni, kredit bo’yicha oborot esa - korxona xarajatlariga kiritish hisobiga har oyda yaratiladigan zahira summasini tavsiflaydi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga zahira tashkil etilganida buxgalteriyada quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t - Ishlab chiqarish xarajatlar hisobvaraqlari
K-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi».
Ta’mirlash uchun xarajatlar qilinsa quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi»
K-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin