Yillik amortizatsiya summasi = (dastlabki qiymati – tugatish qiymati) / xizmat qilish muddati. Misol. «Bobur» hissadorlik jamiyatida asosiy vositaga eskirish hisoblash bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud;
Asosiy vositaning balans qiymati - 50000 ming so’m;
Tugatilish qiymati - 2000 ming so’m;
Xizmat muddati – 5 yil.
Y i l l i k a m o r t i z a t s i y a s u m m a s i = ( 5 0 0 0 0 - 2 0 0 0 ) / 5 = 9 6 0 0 m i n g s o ’ m .
Amortizatsiyani to’g’ri chiziqli usulda hisoblashda uning summasi foydalanish muddati davomida bir xil bo’ladi, jamg’arilgan eskirish bir tekisda oshib boradi, qoldiq qiymati esa, baholangan tugatish qiymatiga etguncha bir tekisda kamayib boradi.
Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash. Bajarilgan ish hajmiga nisbatan amortizatsiyani hisoblash usuli asosiy vositalarning har hisobot yilida bajargan ishining hisobiga asoslangan. Mazkur usul bilan eskirishning har yilgi qiymatini hisoblash uchun jami foydalanish muddati davomida umumiy baholangan ishlab chiqarishni hamda har bir aniq yildagi ishlab chiqarishni oldindan aniqlash lozim. Ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlangan soatlar miqdori va hokazolar olinishi mumkin.
Korxonada shu davr mobaynida 480000 so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 1-yilda - 80000, 2-yilda - 120000, 3-yilda - 100000, 4-yilda – 80000, 5-yilda - 100000 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Mahsulot birligiga ketgan amortizatsiya xarajatlari quyidagiga teng: