Microsoft Word Moliyaviy hisob-2


Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishni hisobga olish



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə17/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102

2.5. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishni hisobga olish


Mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko’rsatish yoxud tashkilotni boshqarish uchun foydalanilmayotgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati buxgalteriya balansidan hisobdan chiqarilishi kerak.
Quyidagi xo’jalik operatsiyalari natijasida asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati korxona aktivlari tarkibidan chiqib ketadi:

  • realizatsiya qilinganida;

  • bundan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko’ra hisobdan chiqarilganida;

  • chet korxona va shaxslarga bepul berilganida;

  • boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shilganida;

  • moliyaviy lizing shartnomasiga ko’ra topshirilganida;

  • kamomad yoki yo’qotish aniqlanganida.

Asosiy vositalar chiqib ketganida ularning dastlabki qiymati asosiy vositalarni hisobga olishning tegishli hisobvaraqlari kreditidan 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag’i debetiga hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalarni chetga sotishdan tushgan tushum 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag’i krediti bo’yicha 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» va 0990-«Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari» hisobvaraqlari debeti bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Asosiy vositalar chiqib ketganida ular bo’yicha hisoblangan eskirish summasi 0210-0290hisobvaraqlari debetidan 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag’i kreditiga hisobdan chiqariladi.
To’liq amortizatsiya qilinmagan asosiy vositalarning realizatsiya qilinishidan ko’rilgan foyda
(zarar) realizatsiya qilinadigan asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati, QQS (faqat QQS to’lovchilari uchun) hamda sotish xarajatlari va tushumlariga to’g’rilangan, oyning 1-sanasiga hisoblangan eskirish o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Misol. «Bobur» hissadorlik jamiyatida may oyida kompyuter hisobdan chiqarildi: balans qiymati 120000 so’m, eskirish qiymati 30000 so’m.
Asosiy vositaning sotish qiymati 80000 so’m. Moliyaviy natijani aniqlab, muomalaga quyidagicha provodka beramiz:

  • kompyuterning sotish qiymatiga:

D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 200000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 200000 so’m.

  • balans qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 120000 so’m
K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 120000 so’m.

  • eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 30000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 so’m.

  • QQS hisoblab yozildi. QQS summasi asosiy vositalarning shartnomaviy qiymati va qoldiq qiymati o’rtasidagi farqdan aniqlanadi. Soliqqa tortiladigan oborot 200(120-30)=110000 so’mdan iborat.

QQS = 110000 x 20 / 100 = 22000 so’m;
D-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 22000 so’m
K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» - 22000 so’m.

  • Asosiy vositani sotishdan foyda olindi (200000 + 30000 - 120000 - 22000) = 88000 so’m:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 88000 so’m.
K-t 9310-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishidan foyda» - 88000 so’m.
To’liq amortizatsiya qilingan asosiy vositalarni bepul berishdan ko’rilgan zararlar mazkur asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati hamda berilgan oydan oldingi oyning 1sanasiga hisoblab yozilgan va berayotgan taraf tomonidan to’lanadigan QQS summasiga ko’paytirilgan eskirish o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Misol. Boshlang’ich qiymati 70000 so’m bo’lgan stanok boshqa korxonaga bepul berilgan, eskirish summasi-30000 so’m.
Bunda asosiy vositalarning qoldiq qiymati QQSga tortish ob’ekti bo’lib hisoblanadi, ya’ni 70000 - 30000 = 40000 so’m.
Hisoblab yozilgan QQS summasi = 40000 x 20 / 100 = 8000 so’m.
Asosiy vositani bepul berishdan ko’rilgan zarar summasi quyidagiga teng: 70000 - 8000 - 30000 = 32000 so’m. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodka beramiz:

  • balans qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 70000 so’m
K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 70000 so’m.

  • eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 30000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 so’m.

  • QQS hisoblandi:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 8000 so’m
K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» - 8000 so’m.

  • Stanokni bepul berishdan zarar ko’rildi (70000 - 8000 - 30000) = 32000 so’m:

D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 32000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 32000 so’m.
Mol-mulkni bepul berishdan ko’rilgan zararlar teskari hisoblash yo’li bilan berayotgan korxonada soliqqa tortiladigan bazaga kiritiladi.
Asosiy vositalar boshqa korxonaning ustav kapitaliga badal sifatida kiritilishi mumkin.
Misol. Korxona boshqa korxonaning ustav kapitaliga boshlang’ich qiymati 350000 so’m bo’lgan, 500000 so’m shartnoma bahosiga ega bo’lgan hamda eskirishi 140000 so’m bo’lgan stanokni ulush sifatida kiritdi. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodkalar beriladi:

  • Boshlang’ich qiymatni hisobdan chiqarish:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 350000 so’m
K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 350000 so’m.

  • eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 140000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 140000 so’m.

  • shartnomaviy bozor bahosi bo’yicha uzoq muddatli investitsiyalar:

D-t 0620-0690-«Uzoq muddatli investitsiyalar» – 500000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» – 500000 so’m.

  • Shartnoma qiymatining balans qiymatidan oshib ketishining aks ettirilishi:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 290000 so’m
K-t 8520-«Rezerv kapitali» - 290000 so’m.
Ustav kapitaliga badal kiritishda shartnoma qiymatining balans qiymatidan oshib ketishi korxona daromadi bo’lib hisoblanmaydi va soliqqa tortilmaydi.
Asosiy vositalarni moliyaviy lizing shartnomasiga ko’ra topshirishda asosiy vositalarni joriy qiymatigacha qayta baholash amalga oshirilishi mumkin.
Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati (agar topshiriladigan ob’ektdan foydalanilmagan bo’lsa) yoki qoldiq qiymati (agar topshirishgacha ob’ektdan foydalanilgan bo’lsa) va joriy qiymati orasidagi farq, ular moliyaviy lizing shartnomasiga ko’ra topshirilgan taqdirda kelgusi davrlar daromad (xarajat)lari sifatida aks ettiriladi. Lizing to’lovi hisoblab yozilishi davomida ular bir maromda (har oyda) moliyaviy faoliyatdan olingan daromadga kiritiladi.
Misol. Lizing beruvchi korxona boshlang’ich qiymati 350000 so’mlik bo’lgan uskunani moliyaviy lizing shartnomasiga ko’ra topshiradi, 300000 so’mlik shartnoma qiymati bo’yicha hisoblab yozilgan eskirish 140000 so’m.
Provodkalar quyidagicha bo’ladi:

  • shartnoma bahosi bo’yicha chiqib ketish hamda joriy va uzoq muddatli qismini ajratgan holda butun lizing davri uchun belgilangan lizing to’lovlarining aks etishi:

D-t 0920, 4810-«Moliyaviy lizing bo’yicha olinadigan to’lovlar» - 300000 so’m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 300000 so’m.

  • boshlang’ich qiymatni hisobdan chiqarish:

D-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 350000 so’m
K-t 0130-«Mashina va uskunalar» - 350000 so’m.

  • hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish:

D-t 0230-«Mashina va uskunalarning eskirishi» - 140000 so’m
D-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 140000 so’m.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi natijasini aks ettirish quyidagicha bo’ladi:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 90000 so’m K-t 7230, 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad» - 90000 so’m.

  • lizing to’lovlari kelib tushganda:

D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»
K-t 4810-«Lizing bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar».
Bir vaqtning o’zida moliyaviy faoliyatdan olingan daromaddan muddati uzaytirilgani daromadning tegishli qismini hisobdan chiqarish buxgalteriyada quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad»
K-t 9550-«Moliyaviy lizing shartnomasiga ko’ra mol-mulkni topshirishdan olingan daromad».

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin