Microsoft Word Moliyaviy hisob-2



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə52/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102
Kassa daftari
Kassa: «______» _____________ 2002 yil uchun

Varaq ___________


Hujjat raqami

Kimdan olingan yoki kimga berilgan

O’zaro bog’langan hisobvaraqlar raqami

Kirim

Chiqim

1

2

3

4

5


Kun boshiga qoldiq





Chek bilan bankdan





Ish haqi















Bir kunda jami









Kun oxiridagi qoldiq









Shu jumladan ish haqiga








Kassir __________ (imzo) soni
Kassa daftaridagi qaydlarni tekshirdim va _____________________
(yozuvda)
__________ kirim va ________chiqim hujjatlarini oldim.
Buxgalter _______________ (imzo).
Korxonada faqat bitta kassa daftari yuritiladi. U raqamlangan, shnurlangan va surg’uchli yoki mastika muhr bilan muhrlangan bo’lishi kerak. Kassa daftarining oxirgi varag’ida raqamlangan betlar soni ko’rsatilib, korxona rahbari va bosh buxgalterining imzosi bilan tasdiqlab qo’yiladi. Kassa daftaridagi qaydlar qora qog’oz orqali ikki nusxada qilinadi. Har kuni ish oxirida kassir bir kunda qilingan muomalalar yakunini hisoblab chiqaradi, keyingi kunga kassada qolgan pul miqdorini va to’lov qaydnomasi bo’yicha chiqimga hisobdan chiqarilmagan summani chiqaradi. Ikkinchi qirqma varaq (kassirning hisoboti – bir kunda kassa daftarida qilingan qaydlarning nusxasi) kirim va chiqim hujjatlari bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi va bu haqda kassa daftarida qayd etiladi.
Respublikamiz milliy valyuta qadrini oshirishda naqd pul muomalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham keyingi paytlarda naqd pul muomalalarini tartibga solish bo’yicha ko’pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Pul muomalasini yanada takomillashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish, bankdan tashqari muomalani qisqartirish va soliq to’lashdan bo’yin tovlashning oldini olish maqsadida 2002 yil 3 avgustda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Pul mablag’larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorning 5-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi va Markaziy banki zimmasiga alohida yirik miqdordagi pul mablag’lari muomalasi, shu jumladan, naqd pul berilishi bo’yicha axborotlarni elektron ayirboshlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish vazifasi yuklatilgan. Bundan tashqari, ushbu Qarorning 10-bandiga muvofiq, O’zbekiston Respubikasi Markaziy banki zimmasiga tijorat banklari bilan birgalikda 2002 yil 1 oktyabrigacha kredit plastik kartochkalarni muomalaga chiqarish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
Tijorat banklari zimmasiga chakana savdo va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan birgalikda tovarlar va xizmatlarga haq to’lash sifatida plastik debet kartochkalari qabul qilinishini ta’minlovchi terminallar tarmog’ini kengaytirish vazifasi yuklatilgan.
Naqd pul muomalasini tartibga solish to’g’risidagi ushbu Qaror korxona, tashkilot va muassasalarda kassa muomalalarini yuritishda talaygina yangiliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, ish haqi, mukofot, xizmat safari xarajatlari uchun pul mablag’lari berilishining elektron kartochka tizimiga o’tilishi kassa muomalalarida hujjatlar oqimining kamayishiga olib keladi. Xususan, pul mablag’lari berilishida kassa chiqim orderlari rasmiylashtirilmasdan, balki yagona hujjat - to’lov qaydnomasining to’ldirilishi kassa muomalalari ishini engillashtiradi.
Kassa muomalalari buxgalteriya hisobida quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
5010 - «Milliy valyutadagi pul mablag’lari»
5020 - «Xorijiy valyutadagi pul mablag’lari».
Ushbu hisobvaraqlarning debet tomonida korxona kassasiga pul mablag’larining kirimi aks ettiriladi. Kredit tomonida korxona kassasidan to’lanadigan pul mablag’lari va limitdan ortiqcha pullarni bankka topshirish aks ettiriladi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin