Microsoft Word Moliyaviy hisob-2


- «Kassadagi pul mablag’lari»ni hisobga oluvchi hisobvaraqlar korrespondentsiyasi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə53/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   102

5000 - «Kassadagi pul mablag’lari»ni hisobga oluvchi hisobvaraqlar korrespondentsiyasi




Xo’jalik muomalalarining mazmuni

Hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

Yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar

Debet

Kredit

1.

Bankdagi tegishli hisobvaraqlardan pul mablag’larining kassaga kelib tushishi (ish haqi, nafaqa, mukofotlar)

5010

5110, 5210

Pul cheki pattasi va bank ko’chirmasi, kassaning kirim orderi, kassa kitobi

2.

Yo’ldagi pul mablag’larining kelib tushishi

5010

5620

Kirim to’g’risidagi tasdiqnoma

3.

Mahsulot, ish va xizmatlarning naqd pulga sotilishi

5010

9010 - 9030

Sotish vedomosti va kassaning kirim orderi

4.

Hisobdor shaxslar tomonidan olingan va ishlatilmagan ortiqcha summalarning qaytarilishi

5010

4230

Bo’nak hisoboti va kassaning kirim orderi

5.

Pul mablag’larining kassadan hisoblashish hisobvarag’iga qaytarilishi

5110

5010

Topshirish e’loni va bankning ko’chirmasi

6.

Kassadan ish haqi va boshqa to’lovlarning (yordam pullari, mukofotlar, ishtirok etishdan daromadlar)ning berilishi

6710

5010

To’lov vedomosti va kassa chiqim orderi

7.

Bir martalik yordam pulining kassadan to’lanishi

9430

5010

Kassa chiqim orderi, rahbarning buyrug’i va ariza

Jurnal-order shakli bo’yicha hisobga olishda kassa bo’yicha muomalalar 1-jurnal-orderda
(5000-«Kassa» hisobvarag’ining kredit oborotlari) va jurnal-orderga kiruvchi 1-qaydnomada (5000-«Kassa» hisobvarag’ining debet oborotlari) aks ettiriladi. Aytib o’tilgan registrlarga qilinadigan qaydlar kassirning tekshirilgan va ishlov berilgan hisobotlari asosida har kuni olib boriladi.
Kassa muomalalarini olib borish tartibida kassani to’satdan inventarizatsiya qilish ko’zda tutilgan. Bunda kassadagi pul birma-bir qayta sanaladi va kassadagi boshqa boyliklar tekshiriladi. Kassa inventarizatsiyasi «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli 19son BHMAga binoan har oyda o’tkaziladi.
Inventarizatsiya natijalari inv.15-shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunda kassadagi naqd pulning amaldagi qoldig’i hisobga olish ma’lumotlari bilan taqqoslanadi, bu esa pul mablag’lari kamomadini yoki ortiqchaligini aniqlashga imkon beradi. Dalolatnoma kassa taftish qilingan kuni rasmiylashtirilishi va komissiya a’zolari tomonidan imzolanishi lozim.
Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: bir nusxasi inventarizatsiya komissiyasi papkasida qoladi, ikkinchisi korxona buxgalteriyasida saqlanadi. Agar kamomad yoki ortiqchalik mavjudligi aniqlansa, komissiya kassirdan yozma tushuntirish xati talab qilishi lozim.
Inventarizatsiya natijalari o’z vaqtida buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettiriladi:

  • ortiqcha pullar chiqqanda, ushbu summa kassaga qaytadan kirim qilinadi:

D-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»
K-t 9390-«Boshqa muomalaviy daromadlar».

  • kamomad aniqlanganida:

D-t 4730-«Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi»
K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari».

  • kamomad summasini kassir bevosita kassaga to’laganida:

D-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»
K-t 4730-«Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi».

  • kamomad summasi kassirning ish haqidan ushlab qolinganida:

D-t 6710-«Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar»
K-t 4730-«Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi».

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin