Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek etkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar;
ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar;
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
9310 - «Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»;
9320 - «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»;
9330 - «Undirilgan jarima, boqimanda va burdsizliklar»;
9340 - «O’tgan yil foydasi»;
9350 - «Operativ lizingdan olingan daromad»;
9360 - «Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar»;
9370 - «Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning daromadlari»;
9380 - «Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam»;
9390 - «Boshqa operatsion daromadlar».
Ushbu hisobvaraqlar tranzit hisoblanadi. Yuqoridagi hisobvaraqlarning kredit oboroti foyda (daromad)ning ko’payishini, debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi.