boshlaydilar (ya’ni, faylasuf Yanmin). «Yanmin» so‘zi «quyosh nuri» degan ma’noni
anglatadi. Shuningdek, inson jismidagi muhim quvvat rishtalaridan biri ham ana shu nom
bilan ataladi.
1504 yilda Van Yanmin Pekinga qaytadi va Shandun muzofotiga hokim qilib
tayinlanadi.
1505 yilda Xitoy taxtiga 15 yoshli Xouchjao o‘tirgach, bir guruh saroy a’yonlari qatori
Van Yanmin ham quvg‘inga uchraydi. Quvg‘in yillari faylasuf uchun juda katta hayotiy
maktab vazifasini o‘taydi. U ruhan kamolga yetib, dunyoviy ilmlarning o‘tkir bilimdoniga
aylanadi. Faylasuf ayni shu kezlarda «bilim va harakatning birligi» haqidagi g‘oyat
muhim tamoyilni ishlab chiqadi.
1509 yilda Van Yanmin quvg‘indan qaytadi va Guychjou muzofotining poytaxti
Guyyanda falsafadan dars bera boshlaydi.
Buyuk faylasuf 1529 yilning 9 yanvarida betoblikdan vafot etadi.
* * *
Bilim harakatdadir.
* * *
Tabiiy bilim nima? U haqiqat va yolg‘onni ajratuvchi, o‘ylamasdan, o‘rganmasdan bilguvchi qalbdir.
* * *
Qalb — tabiat, tabiat esa qoida.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
137
* * *
Haqiqiy quvonch donolikda kamolga yetgan zotlar va oddiy odamlarga xosdir. Biroq bu ne’matga
ega bo‘lgan oddiy odamlarning o‘zlari bundan bexabar bo‘ladilar.
* * *
Bilim — harakatni boshqaruvchi asosiy fikr. Harakat esa ilmning amaliy manbai. Bilim — harakat
ibtidosi, harakat — bilim intihosidir.
* * *
Bilim harakatdadir. Buning isbotini quyidagi holatlar zanjiri orqali ko‘rish mumkin.
Taomning ta’mi yaxshi yoki yomonligini bilish uchun uni og‘izga solib, chaynab ko‘rmoq zarur.
Taomdan tatib ko‘rmay turib, unga baho berib bo‘ladimi? Yo‘lning ravon yoki noravonligini aniqlash
uchun o‘sha yo‘lni bosib o‘tishingiz kerak. Yo‘lni borib ko‘rmasdan uning qandayligini aytish
mumkinmi? Kamondan o‘q otish uchun nayzani joylab, yoyni tarang tortish va nishonga olib, qo‘yib
yuborish talab etiladi. Kitob o‘qib ilm olmoq uchun esa qo‘lga qalam tutib, yozmoq joiz. Olamda hech
bir ilm yo‘qki, u harakatsiz o‘rganilsa. Shu bois ilmga va oliy qoidalarga harakatsiz yetishib bo‘lmaydi.
* * *
Fikr va so‘z amaliyotga yo‘naltirilganda ularning har ikkisi ham moddiyatga — narsaga aylanadi.
* * *
Buyumlar, voqealar, qoidalar, adolat va ezgulik dildan tashqarida qololmaydi.
* * *
Bir kuni Van Yanmin shahar ko‘chalarida aylanib yurganda do‘stlaridan biri qoyalarda barq urgan
gullarga ishora qilib, undan so‘radi:
— Olamda hech narsa dildan tashqarida mavjud bo‘lolmaydi, deysan. Ammo mana bu qoya
bag‘ridagi gullar o‘zidan o‘zi o‘sadi va quriydi. Qani ayt-chi, bu gul bilan mening qalbim o‘rtasida
qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin?
Van Yanmin do‘stiga shunday javob qaytardi:
— Gullarga qaramasingdan avval ular ham, sening qalbing ham osoyishta edi. Gullarga ko‘zing
tushgan oni esa sen ularning rangini qalbing ila anglading. Shundan ko‘rinib turibdiki, gullar sening
qalbingdan tashqarida qololmaydi.
* * *
Narsalarning mohiyatini anglash qalbdagi, fikrdagi va ilmdagi narsalarning mohiyatini anglash
demakdir.
* * *
Shogirdlaridan biri Van Yanmindan so‘radi:
— Ba’zi odamlar tunda ruhlar, shayton va ajinadan qo‘rqishadi. Shunday paytlarda nima qilish
kerak?
Van Yanmin dedi:
— Kunduz kuni adolat zaxirasini yaratolmagan odamning qalbida qoniqmaslik hissi paydo bo‘ladi.
Bu tuyg‘u o‘z navbatida qo‘rquvni yetaklab keladi. Kundalik amallar aql chirog‘i bilan yoritilar ekan,
hech qanday qo‘rquvga o‘rin qolmaydi.
Shunda shogirdlaridan yana biri savol berdi:
— Bezarar ins-jinslardan qo‘rqmasa ham bo‘ladi. Ammo makkorlari kim yaxshi, kim yomonligini
ajratib o‘tirmaydi. Shu bois odamlar qo‘rquvdan qutulolmaydilar.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |