Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
138
Faylasuf bu savolga shunday javob qaytardi:
— Yaxshi odamlarga qutqu solishga qurbi yetadigan bitta ham yovuz kuch yo‘qdir. Eng qo‘rqinchlisi
— qalbning makkorlik illatiga mubtalo bo‘lishi. Ana shuning o‘ziyoq insonga qutqu soladi. Agar inson
ayol go‘zalligiga o‘ch bo‘lsa, ishqivozlik vasvasasini paydo qiluvchi kuchlar, agar boylikka ruju qo‘ysa,
manfaatparastlik va ta’magirlik vasvasasini uyg‘otuvchi kuchlar, agar u bo‘lar-bo‘lmasga
g‘azablanaversa, darg‘azablik vasvasasini hosil qilguvchi kuchlar, agar arzimagan narsadan ham
qo‘rquvga tushaversa, qo‘rqoqlik vasvasasining uyg‘otuvchi kuchlar ta’siri ostida bo‘ladi.
* * *
Van Yanmindan do‘sti so‘radi:
— Kitob o‘qigandan so‘ng hech narsa yodda qolmasa nima qilmoq kerak?
Van Yanmin dedi:
— Uni tushunmoq kerak, yodlash shart emas. Tushunmoq zaruriyati ham ikkinchi darajali narsa.
Eng avvallo kitobning asosiy mohiyatini anglamoq joiz.
* * *
Qaramoqlik va ko‘rmaslik, tinglamoqlik va eshitmaslik, yemoqlik va ta’m bilmaslik... Ta’mni bilish
uchun inson yuragida yeyish istagi bo‘lishi joiz. Tanovulni istagan yurak bu — fikr, boshqacha
aytganda, harakat ibtidosidir.
* * *
Inson qalbi — osmon kabi tubsiz.
* * *
Komil inson har bir odamning komil bo‘lishi uchun qayg‘uradi.
* * *
Inson tabiati aslida oliy fazilatlar majmuasidir. Uning tabiati o‘z ibtidosida zarracha yovuzlikdan
ham xoli bo‘lgan.
* * *
Biz biror ilmni imkoniyatimiz va mavqeimiz darajasida o‘rganib, nihoyasiga yetkazamiz.
* * *
Oliy ezgulik — qalbning asl mohiyati. Zero, hatto uchiga chiqqan qaroqchi ham talonchilik qilmaslik
kerakligini yaxshi anglaydi. U o‘zini o‘g‘ri deb atashlaridan orlanadi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
139