Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
196
Inqiloblar va ijtimoiy bo‘hronlar jamiyat uchun kulfat, albatta. Shu bois jamiyat ularni mustaqillik va
bardavom farovonlikka erishish yo‘lidagi muqarrar, lekin muvaqqat bosqich sifatidagina qo‘llashi
mumkin.
* * *
Kuch bilan o‘rnatilgan hukumat kuch bilan saqlab turiladi.
* * *
Baxtli bo‘lmoq uchun davlatmandlikning o‘zigina kifoya qilmaydi. Buning uchun boylikdan
foydalanishni ham uddalash kerak.
* * *
Bu olamda ro‘y bergan eng yirik voqealar asosida yotuvchi istaklar aql ko‘zi bilan qaraganda
arzimas bo‘lib tuyuladi. Ko‘pincha axloq xususidagi bahslar, bolalarcha injiqliklar, ixtiloflar, qandaydir
vazir yoki xonimning yomon kayfiyati, elchining surbetligi, qaroqchining qo‘polligi, noto‘g‘ri qabul
qilingan so‘z – mamlakatda urush olovini yoqish uchun kifoya qiladi.
* * *
Erishilgan narsalar ularga sarf etilgan quvvat va xarajatlarni qoplaganini kamdan-kam hollarda
ko‘rish mumkin. Hukmdorlarning siyosati odatda katta sarf-xarajatlar evaziga mayda narsalarga
erishish bilan chegaralanadi.
* * *
Bolaligidanoq o‘zining noto‘g‘ri fikrlari izmida bo‘lgan, mutaassiblikka mukkasidan ketgan odamlar
ko‘zlaridagi jaholat pardasini saqlab qolishni muhim deb hisoblashadi va ularning ko‘zini ochishga
uringan kishilar bilan kurashishadi. Agar zulmatga o‘rganib qolgan ko‘zlari bir lahza yorug‘likni
ko‘rgudek bo‘lsa, bundan azob chekishadi va g‘azab bilan mash’al tutgan kishilarga tashlanishadi.
* * *
Inson baxti uning orzu-istaklari tashqi muhitga qanchalik mos tushishi bilan belgilanadi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
197
KANT IMMANUIL (1724-1804)
Germaniyalik mutafakkir Immanuil Kant Kyonigsberg shahrida hunarmand usta