Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
379
O‘ZIGA BU MULKDIN TYeKKAN BALOLAR TOShI OZORIYu BOSh OLIB
O‘ZGA MULKKA BORURNING IZHORI
Bu mulk ichinda yaxshi-yomon ta’ni toshidin,
Oncha yetishti bandai bechorag‘a jafo.
Kim, shoh mulki bandasig‘a chora qilmasa,
Yo‘q chora emdi mulki xudo bandai xudo.
5
MAJOZDIN MAKSUDI HAQIQAT EKANNI IZHOR QILMOQ VA SURATDIN G‘ARAZ
MA’NI
EKANIN PADIDOR QILMOQ
Majozdin manga maqsud erur haqiqiy ishq,
Nedinki, ahli haqiqatqa bu tariqat erur.
Majozdin chu haqiqatqa yo‘l topar oshiq,
Qilur majozni nafyi ulki, behaqiqat erur.
6
MAJOZI IShKDIN MURODI HAQIQAT EKANLARNING MONI’LARIG‘A MONI’
BO‘LMOQ VA NOSIHLARIG‘A NOSIH
Ko‘rmasa husni majozi ichra juz haq sun’ini,
Oshiqekim, bo‘lsa ishq atvori ichra pokboz.
Zohido, bu ishqdin man’ aylama oshiqnikim,
Gar sen idrok aylasang, ayni haqiqatdur majoz.
7
BURDBORU KO‘H VIQORLARINING MALAKVAShLIG‘IN KO‘RGUZMAK VA ShO‘X
AYYoR SIFATLAR ShAITONLIG‘I SO‘ZIN DYeMAK
Burdboru malakivashqa itoatdur ish,
Sho‘x, shayton sifat eshitsa ne so‘z, bosh chekar.
Uy aro shayxi zamon amrida ermas sichqon,
Teva afsorini uch-to‘rt yashar yosh chekar.
Dostları ilə paylaş: