Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
376
Dardi hijron esa yo sofi visol,
Har sabab birla bo‘layin behol. 
XXXII 
Soqiyo, bazm ishidin bo‘ldi farog‘,
Tutqil emdi manga otlanur ayog‘. 
Boda gulgunini sol maydong‘a,
Meni mastona ketur javlong‘a. 
To tutay dayri fano jonibi,
Yo‘l yo‘lda gah yeng solayin, gohi qo‘l. 
To fano dayri fazosig‘a kiray,
Rindlar bazmi arosig‘a kiray. 
Barchaning xidmatida yer o‘payin,
Ichurub jomi mug‘ona, qo‘payin. 
Men dog‘i jom chekib molomol,
Aylabon o‘zni alardek xushhol. 
To bo‘lub dayri fano ahli mast,
Menu mendek yana yuz bodaparast. 
Shohlar shohu sarafrozi uchun,
Rindlar shohi Abulg‘ozi uchun. 
Ul ko‘han dayr gadoyi boshlig‘,
Ya’ni oshufta Navoiy boshlig‘. 
Masti ohangi navoyi qiloli,
Be riyo barcha duoi qiloli. 
Kim, falak jomig‘a to bo‘lg‘ay sayr,
Jom davrin tilagay zumrai dayr. 
Umri shaqliq aro boqiy bo‘lsun,
Shohlar bazmida soqiy bo‘lsun. 
Avji xurshidi maqom o‘lsun anga,
Jomi Jamshid mudom o‘lsun anga. 
Toki insong‘a hayot imkoni
Bo‘lg‘usi, bo‘lsun aning davroni. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
377
Ham duogo‘yi aning ahli yaqin,
Ham maloyika degaylar omin. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
378
QIT’ALAR 
 
FAVOYID UL-QIBAR MUQATTAOTINING SARSUXANLARI RAZZOQ ALAL-ITLOQ 
BANDA 
RO‘ZISIN MUQADDAR QILIBTUR SA’Y BILA ORTMASIDA AYTUR 
 
1 
Haq taolo bandasinnng qismatin
Chun azal devonida qilmish raqam. 
Chun aning tag‘‘yirining imkoni yo‘q,
Negakim, qilmish o‘zi jafful qalam. 
Kimki, andin ortuq o‘ksuk istagay,
Bordur aning jahli ortuq, aqli kam. 
Tengri ehsonig‘a shod o‘lg‘an, qilur
O‘zni shodu mehnatidin elni ham. 
Shokir o‘lmay ulki, ozu hirsdin,
Doim etgay o‘zni g‘amgin, kimga g‘am. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin