www.ziyouz.com kutubxonasi
370
Balki har fan aro tab’i yakfan.
Fan advorda sehr aylab fosh,
Bahri ash’orda xud gavharposh.
Quvvat ahlig‘a hamovard kelib,
Lek dard ahlig‘a hamdard kelib.
Har bag‘ir yarasinnng marhami ul,
Qirq yilliq bu gado hamdami ul.
Maxfiy asrorda damsoz manga,
Har nihon rozda hamroz manga.
Bori hamdamlar ichinda fardim,
Yorimu, hamnafasu hamdardim.
Ani ham charxi taaddi oyin,
Mendin oyirdn, qilib qasdima kin
Hajrida sabru qarorim yo‘qtur,
G‘amda juz nolai zorim yo‘qtur.
Dardu g‘am boisidur hushu xirad,
Qani maykim, qilay o‘zni bexud.
XXVIII
Soqiyo, kel menga tut bodai ishq
Kim, erur xilqatim aftodai ishq.
Bodakim, og‘zig‘a har kim olg‘ay,
Paykari xirmanig‘a o‘t solg‘ay.
Tokim, ul o‘tqa o‘zumni tashlay,
Dardi ishqim o‘tidin so‘z boshlay.
Kim, nelar qildi meni zorg‘a ishq,
Joni zoru tani bemorg‘a ishq.
Ko‘nglum oldi buti sho‘xe nogah,
Qolmadim ishqida o‘zdin ogah.
Ul pariy vasli chu bo‘ldi matlub,
Telbalik qildi ko‘ngulni mag‘lub.
Chun junun ishq ila bo‘ldi damsoz,
Asray olg‘aymu kishi ko‘nglida roz.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
371
Anikim, mahrami asror dedim,
Darddin ko‘ngli xabardor dedim.
Chiday olmay qatiq ahvolimdin,
Ollida shammai o‘z holimdin.
Dedimu, vah, demagay erdim kosh
Kim, demas so‘znn o‘zum qildim fosh.
Zor jismimg‘a anolar keldi,
Telba boshimg‘a balolar keldi.
Charx yog‘durdi manga tig‘i sitam,
Balki davron hamu davron eli ham.
Kimki, yorim edi tavri ahsan,
Bo‘ldi jonimg‘a qatiqroq dushman.
Uzu yot neshi malolat urdi,
Yeru ko‘k boshima tosh yog‘durdi.
Aqrabo tang‘a urub tig‘i jafo,
Ko‘zuma ignalar urdi zuafo.
Kechibon boshtin ayog‘din tushtum,
O‘lgali za’f ichida yovushtum.
Dardu ranjim haddu g‘oyatdin ko‘p,
Marazim bo‘ldi nahoyatdin ko‘p.
Tanda yuz dardu suubat ko‘rdum,
Jonda yuz oncha uqubat ko‘rdum.
To ishim o‘lmak ila tutti qaror,
Bo‘ldi boshimdin atibbog‘a firor.
Men bo‘lub umr ila jondin novmid,
Shah berib vasl ummidig‘a navid.
Yana bu so‘z bila jone topibon,
Bir dam o‘lmakdin amone topibon.
Meni badro‘zg‘a, vah, qaysi visol
Kim, xayolimda visol erdi muhol.
Mingdin ortuq manga tobi’ bila xayl,
Biri imdodima ko‘rguzmadi mayl.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: |