www.ziyouz.com kutubxonasi
366
Mushkil ahvolu ajab holat aro.
Yor sendek nechalar bor edilar,
Suhbatimda kechalar bor edilar.
Falaku anjum aro solib ko‘z,
Vasfida ko‘p uzalur erdi so‘z.
Falaku anjumi bemehru dani,
Barchasiz qildi seni, dog‘i meni.
Da’vii mug‘tanam o‘zni qilmon,
Seni xud g‘ayri g‘animat bilmon.
Meni xush tut demak ermas dilkash,
Bir nafas bori o‘zungni tut xush.
XXV
Soqiyo, jom ketur daryovash
Ki, zamone bo‘layin daryokash.
Ki, tiriklik nafasi pesh ermas,
Xizr umri havasi besh ermas.
Kim sumurgan nafas ul daryoni,
Sochayin yuz durri behamtoni.
Bahrkim, qatrasi bo‘lg‘ay duri pok,
Dema dur, la’l — bori otashnok.
Otashin la’lni axtar yanglig‘,
Uran el jonig‘a axgar yanglig‘.
Chekayin motamiyona oshub,
Xasta ko‘nglumni qilay xoroko‘b.
Telbalar tavri alolo aylay,
Telba itlar kebi g‘avg‘o aylay.
Chekayin oh yurakdinki, sipehr
Pardag‘a chirmasun oyinai mehr.
Ayb emas, gar bu sifat majnunmen,
Ko‘rki, kimning g‘amidin mahzunmen.
Qani ulkim, falaki dahr navard,
To erur sa’y bila davron gard.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
367
Bir aningdekni tilab olam aro,
Topmadi jinsi bani odam aro.
Balki to bo‘lg‘usidur davroni,
Ham emas topmog‘ining imkoni.
Ma’ni ahlig‘a imomi barhaq,
Haqdin islom aro qutbi mutlaq.
Tobiyu xayli tariqat ahli,
Soliki amri haqiqat ahli.
Ko‘ksining vus’ati yuz ming olam,
Ko‘nglining onchaki, arshi a’zam.
Rutbasi andaki, yuz payki xayol,
Ursa yuz ming qadami barqmisol.
Rif’ati qat’ida topmay voya,
Balki yuz poyasidin bir poya.
Vasfida desa xirad fazlu funun,
Aql kul vasfi degay sar’u junun.
Arsh urfonida bir past maqom,
Mast jomi azali orifi Jom.
Men kebi zarrani ul yanglig‘ mehr,
Buyla tufrog‘ni ul andoza sipehr.
Yuz o‘zum haddicha e’zoz aylab,
Vasflar birla sarafroz aylab.
Sihr tasnif aro surmay qalami
Ki, mening otima chekmay raqami.
Xomasin qayda qilib nuktafishon,
Qo‘yibon mendin ham anda nishon.
Xoslig‘ na’tini zotimg‘a chekib,
Yerlig‘ vasfini otimg‘a chekib.
Charx bu mehrin aylab g‘orib,
Mehrsizlig‘din ichimni yorib.
Sabru toqat nechakim ko‘rguzayin,
Buyla furqatqa ne yanglig‘ tuzayin.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: |