Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
361
Boda kufri sari bo‘lma mudmin,
Haqdin o‘ldi laqabing chun Mu’min.
XXI
Soqiyo,
bazmda tut jomi visol,
Kim kelur yodima ayyomi visol.
O‘tti bir qariki, hijron aromen,
Vasl ayyomig‘a armon aromen.
Mehribonlar qani, ahbob dog‘i!
Hamnishinlar qani, ashob dog‘i!
Barcha g‘urbatqa xirom ayladilar,
Xuld bog‘ini maqom ayladilar.
Har biri hajrida ko‘p o‘rtandim,
Kupga chun chekti firoq o‘rgandim.
Birikim qoldi, base ko‘p qolsun,
Umr komini jahondin olsun.
Chun vafoyi bila bo‘ldi mashhur,
Aylasun umri vafo birla zuhur.
Ko‘ngli
chun topti vafo ichra safo,
Deki, mundoq dedilar ahli vafo.
Kim, vafo sog‘aridin olsang kom,
Ich, vafo ahlini yod aylab, jom.
Andakim, hajr kamiyatin so‘rdum,
Bir-iki yor sanga topshurdum.
Biri ham yor manga,
ham farzand,
Jong‘a oromu yurakka payvand.
Biri hamsuhbatu, hamdardu rafiq,
Tuqqanimdin dog‘i yuz qatla shafiq.
Ul
biri gulshani umrumda tazarv,
Bu biri bog‘i hayotim aro sarv.
Ul yigitlar safining zebosi,
Bu yigitlik fanining donosi.
Ul jahon nodirasi har fanda,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: