www.ziyouz.com kutubxonasi
362
Bu qilib har fan elin sharmanda.
Ul biri oti chu mazkur bo‘lub,
Mirzobek ila mashhur bo‘lub.
Bu biri ismini aylarda xitob,
Mir Darvesh debon shayx ila shob.
Ham aning furqati kuydurdi meni,
Ham muning hasrati o‘lturdi meni.
Jong‘a hijronlaridin tushmish pech,
Bu ikavning xabarin topmay hech.
Sanga zohir esa, payg‘om etgil,
Har ne ma’lumdur, e’lom etgil.
Xuld aro bor esalar bazmoroy,
Voy hijronlaridin, yuz ming voy!
Haq seni dahrda boqiy tutsun,
Shodlig‘ sog‘ari soqiy tutsun.
Sen qilib no‘sh tiriklik jomin,
Mug‘tanam angla hayot ayyomin.
Ko‘rki, umr elga vafo ayladimu,
Charx juz javru jafo ayladimu?!
Bilki, olamda ne shah qoldi, ne bek,
Shohi mag‘furdegu beklaridek.
Qani sultonu shahidu xayli,
Barchasin yopti ajalning zayli.
Qani Qanbar Aliyu, qani Mazid?!
Qani Sultonu, qani Nuri Said?!
Har biri o‘zni tutub oliy shon,
Biridin qolmadi olamda nishon.
Barcha gar ketti, sen o‘lg‘il jovid,
To abad umrdin o‘lma novmid.
Mayi maqsud ila joming to‘lsun,
Tengridin ofiyating xayr o‘lsun.
XXII
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
363
Soqiyo, jomg‘a quy maydin sayl,
Mayi xurshidu aning jomi Suhayl.
Yo‘q Suhayliki, bo‘yar xoroni,
Ulki gulrang qilur siymoni.
Kim, Suhayli saridur zor ko‘ngul,
Qo‘p tilar suhbatin afgor ko‘ngul.
Topmasam o‘zni visoli birla,
No‘sh etay ani xayoli birla.
Ochmasam sham’i jamoli bila ko‘z,
Ham xayoli bila aytay necha so‘z.
K-ey jahon xalqi aro zoti nafis,
Zotinga fazlu adab ikki anis.
Durri nazming suyi ul nav’ ravon
Ki, oqib suftidin obi hayvon.
Sensen ulkim, yana yo‘q sen kebi zot,
Naqdi ma’ni bila farxunda sifot.
Seni qildi falaki gardanda
Dahr aro bir garavi arzanda.
Sen edingkim, manga damsoz erding,
Har nihon nuktada hamroz erding.
Zulmlarkim, manga bu charxi dani
Qildi, qaydin topay ayturg‘a sani.
Kim biri bu edikim, soldi yiroq
Seni, bag‘rimg‘a qo‘yub dog‘i firoq.
Manga gar dardu g‘am anbuh o‘ldi,
Qismatim g‘ussayu anduh o‘ldi.
Sen falak mehnatidin shod o‘lg‘il,
Dahr bedodidin ozod o‘lg‘il.
Olami huzn aro bo‘lma g‘amda,
O‘zni xush tut necha kun olamda.
Kimki, nazm ichra guharrez o‘ldi,
Nuktasi mu’jiza angez o‘ldi.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: |