Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
364
Lafzi jonbaxshi nafis anfosi,
Xosiyat anda o‘luk ehyosi. 
Sa’diyu Xusravu Salmonu Kamol
Kim, edi har biri beshibhu misol. 
Garchi charx etti barin mutavori,
Sen alar o‘rnidadursen bori. 
Qaysining ma’razidakim, kirding,
Jonin olding demayin, jon berding. 
Har nekim aylading o‘truda savod,
Aylading har birining ruhin shod. 
Shodlig‘ tarkini tutma oxir,
Ham bu g‘amingni unutma oxir. 
Kimki kelsa bu taraf, yod ayla,
Tarab oyin so‘z ila shod ayla. 
XXIII 
Soqiyo, tut qadahi ruhoso,
Mavj suhoni bila g‘amfarso. 
Kim, kishi aylasa ul sari mayl,
Aylagay ruhini soqiyg‘a tufayl. 
To tufayli bila majlis qurayin,
Bir necha nukta anga yetkurayin. 
Aytay, ey nazm elida nodir,
Raqaming sihru xayoling sohir. 
She’r bahri aro g‘avvosi shigarf,
Durri maknun so‘zidin har bir harf. 
Toki surdung varaq uzra xoma,
Nazmga tezdurur hangoma. 
Anvariy bo‘lsinu yo Xoqoniy,
Foryobiy yo Isfahoniy. 
Chunki so‘z obi hayotin suzdung,
Ruhini barchasining tirguzdung. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
365
Madh uslubi edi beravnaq,
Bal chiqib erdi arodin mutlaq. 
Har qasidaki, tuzatti raqaming,
Yo savodin raqam etti qalaming. 
Bo‘ldi ma’ni yuzidin bir olam,
Ul savod anda savodi a’zam. 
Angakim, xoma guharbor o‘lg‘ay,
Hayfkim, buxl ila bekor o‘lg‘ay. 
Kam demak so‘zni hunar keldi mudom,
Sanga lekin bu erur aybi tamom. 
XXIV 
Soqiyo, tut qadahi oyinarang
Ki, ko‘ngul ko‘zgusidin ochqay zang. 
Boda gulrangu qadah oyinafom,
Suyu may mazjini fahm etkay kom. 
Tokim, ul jomi maoniy birla
Surayin harf bayoni birla. 
Ey Bayoniy, bil o‘z ollingda ayon,
Nuktakim, aylagum ollingda bayon. 
Muni anglaki, azalda ma’bud
Hech shay qilmag‘anida mavjud. 
Ruhdin tang‘a xabar yo‘q erdi,
Ofarinishdin asar yo‘q erdi. 
Yetti iqlim ila to‘qquz gardun,
Balki bu dabdabai kunfayakun, 
Bo‘lg‘anidin sen eding barcha g‘araz
Kim, yaratilmadi zotingg‘a evaz. 
Ul amonatki, yeru ko‘k bila tog‘
Hamlig‘a to‘zmadi arz etkan chog‘. 
Bu og‘ir yukka sen erding homil,
Sirru rozig‘a aminu komil. 
Mungavu buyla base diqqat aro,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin