Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
67
Ey Navoiy, ishq aro kom istasang, devona bo‘l,
Bu sharafni topmag‘ung, hamrohing o‘lsa to xirad.
126
Vahki, ham hushumni afzun qilmadi afsunu pand,
Ham jununimni kam aylay olmadi zanjiru band.
Bilki, sendindur bori dardim ne fikring holima,
Dardmand el holin ul bilgayki, bo‘lg‘ay dardmand.
Zaxmlarkim soldi zahrolud tig‘ing jismima,
Og‘zin ochib har biri, holimg‘a aylar zahrxand.
Bo‘ynunga mushkin ipakdin, eyki, tumor osmishang,
Qayda holim bilgasenkim, bo‘ynuma taqding kamand.
To ko‘ngul xoling xayolidin boshingg‘a evrulur,
Yo‘q sanga hojat yomon ko‘z daf’ig‘a o‘tu sipand.
Chun falak toqidek oxir bo‘lg‘usidur sarnigun,
Rif’ating toqin, ne sud, etmak falakcha sarbaland.
Ey Navoiy, obi hayvondek labidin uz umid
Kim, sochi zulmotidin yopti anga mushkin parand.
127
Yo‘lida jon berdim, o‘tti ko‘rmayin jonon, ne sud,
Ko‘rsa ham, ko‘rmaska solib, zoe’ o‘ldi jon, ne sud.
Sud ko‘z tuttum qorarg‘an ko‘zga ul yuz mehridin,
Anglag‘ach, mehri jamolin ayladi pinhon, ne sud.
Bir tabassumg‘a labidin jonni berdim sud uchun,
Jonim olib, la’li aning bo‘lmadi xandon, ne sud.
Zulfi savdosida naqdi umr berdim, ohkim,
Yetmadi jonimg‘a bu savdoda juz nuqson, ne sud.
O‘qlaridin javhari paykon ko‘ngulga sud edi,
Har nekim otti yetishkach, o‘ttilar parron, ne sud.
Foniy o‘l aylab jahon sudu ziyonin tarkkim,
Ne ziyondur mo‘‘tabar olamda, ey nodon, ne sud.
Ey Navoiy, dema jon ber, vaslidin sud istasang,
Yuz tuman jon bersa, chunkim, vasl emas imkon, ne sud.
Dostları ilə paylaş: