Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
70
Oqorsa sabza, ko‘karmak yana ne imkondur.
Qari
yigitlar ishin chun qilur, erur mabhut,
Yigit qarilar ishin pesha qilsa, nodondur.
Aso yururga madaddur,
vale aso ahli
Chu nayza tutti, hamul yo‘l yururga nuqsondur.
Chu qad egildi, aso birla dog‘i bo‘lmas tuz,
Eshitsa tuz anga bir kunji baytul ahzondur.
Chuqurg‘a tushti chu ko‘z, go‘yiyo qaviy za’fin,
Nazar qilur uyatidin chuqurg‘a pinhondur.
Darig‘kim, qaridim zuhdu
faqr lofi bila,
Vale ishim yoshurun barcha jurmu isyondur.
Xudoy uchun qiling, ey porso yigitlar, shukr
Ki, sizga jurmu gunahdin xudo nigahbondur.
Yigit bila qarig‘a
zuhd birla isyonda,
Yo‘q ixtiyor munga qahr anga ne ehsondur.
Yigitligida kishi qilmasa itoati amr,
Ne sud chun qaridi, nechakim pushaymondur.
Navoiyo, yema g‘am, ne uchunki,
bahri karam
Chu urdi mavj, borig‘a umidi g‘ufrondur.
133
Erur hamisha xazon bargidek boshimda sharor,
Senga ne g‘amki, boshing uzradur hamishabahor.
Yana netib kishi qolg‘ay tirikki,
chiqting mast,
Etakni sanchibu oshufta chirmabon dastor.
Tanim chuqur-chuqur o‘lmish, bori bo‘lub to‘la qon,
Nedinki tishlab-tishlab qilibmen ani afgor.
G‘ubor ichinda quyosh tong emas, bu tongdurkim,
Ko‘rundi yuzu xatingdin quyosh ichinda g‘ubor.
Chu dayr xizmatin ortug‘roq aylaram, ne ajab
Belimga mug‘bacha zulfaynidin iki zunnor.
Chu sof aysh ila
qasr ichra bordurur yuz biym,
Xusho farog‘at ila dardu kulbai xammor.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: