Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
48
Ishq dashtida yugursam,
ajab ermaski, erur
Telbaga po‘ya uchun vus’ati homun bois.
Ko‘zlarim yoshinikim Qulzumu Ummon etdim,
Mojarosig‘a edi Dajlayu Jayxun bois.
Dema: ko‘yida ul oyning nega sargardonsen,
Bo‘ldi bu mehnatima gardishi gardun bois.
Nafsi nahsiyatidin chiqqay, angakim bo‘lg‘ay
Toli’ sa’d
bila baxti humoyun bois,
Gar Navoiy esa mug‘ dayrida rasvo, tong emas,
Ne uchun bo‘lmasun omodadurur chun bois.
91
Borib Yusuf jamoli naqdig‘a jonon erur voris,
Nachukkim, piri Kan’ong‘a mahi Kan’on erur voris.
Libos erdi quyun Majnung‘a,
chun ul dashtdin chiqti,
Aning to‘nig‘a bu majnuni sargardon erur voris.
Chu men o‘ldum, g‘amim ul husn shohi gar yesa, g‘am yo‘q
Ki, bekaslar o‘lub, nekim qolur, sulton erur voris.
Ko‘ngul foniy bo‘lub, qonim duri ashkim qabul etti,
Yatim ar
yosh esa ham, ne qolur pinhon, erur voris.
Uyaqti chun quyosh, ul oyg‘a qoldi dahr yorutmaq,
Chu
bordi mehri davron, ofati davron erur voris.
Men o‘lsam, ishq naqdi xud erur ko‘nglumga mavrusi,
Kishi farzandi garchi bo‘lsa besomon, erur voris.
Nekim to‘qquz anoyu to‘rt atodin fitnayu ofat,
Bo‘lur voqi’, anga ul ofati fatton erur voris.
Ulug‘lardin nasib istar esang, kasbi kamol etgil,
Nedinkim, anbiyog‘a ilmliq inson erur voris.
Navoiy ko‘nglin olib, tig‘
surgan jonni ham oldik
Ki, joni naqdig‘a ham ko‘nglini olg‘an erur voris.
Dostları ilə paylaş: