www.ziyouz.com kutubxonasi
36
Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorig‘ yashil,
Shu’layi ohim chiqar har yon qizil, sorig‘, yashil.
Ya’ni: jononim qizil, sorig‘, yashil rangli to‘n kiymish, shundan beri yurakdan chiqadigan ohim
shu’lalari ham qizil, sorig, yashil tusdadir... Xo‘sh, shoir bunda faqat odamni ko‘zda tutmoqdami?
Olamni ham ko‘zda tutmayaptimi? Xudoni-chi? Biz bugun shundoq deb ayru-ayru savol qo‘yamiz.
Lekin bu tushunchalarni Navoiy bir-biridan ayirmagan, uning falsafasi ularni bir butunga jamlagan,
«vohid» deb baholagan. Shoirning «jononi»da olam yashaydi, u olamda esa, qatrada quyosh aks
etganidek, kamolotning oliy timsoli bo‘lmish oliy xilqat, yuksak haq-haqiqat, Alloh aks etadi... Yor
to‘ni, olam libosi, haqiqat manzarasi rang-barang, bas, ularning qarshisida turgan Navoiy hayratlari
ham, shu’layi ohu fig‘onlari ham rang-barangdir... Shoir endi ana shu rang-baranglik ohangini
rivojlantiradi, o‘zining yorga (olamga, xudoga) nisbatan kechinmalari orqali ma’naviy suvratlar,
lavhalar chizadi, ko‘zimiz o‘ngida ruh kitobining rang-barang sahifalari ochiladi:
Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin,
Kim esar ul dasht aro har on qizil, sorig‘, yashil.
Ya’ni, ishq sahrosini ohim samumi (garmseli)dan gulshan (rang-barang) etdim, zero ul dasht aro
endi qizil, sorig‘, yashil shamollar esadi... Bu shunchaki shoirona mubolag‘ami? Ham mubolag‘a, ham
haqiqat. Olamni idrok etishda Navoiy darajasiga ko‘tarila olmaganlar uchun bu, shubhasiz, mubolag‘a.
Ammo yuqorida aytganimiz shoir dunyoqarashiga suyanchiq bo‘lgan olam-odam birligi nuqtai
nazaridan esa – ayni haqiqat. Alloh odamni azizu mukarram qilib, olamning sarvari etib yaratgan, bas,
uning chekkan ohi ishq sahrosini gulshan etsa va ul dasht aro qizil, sorig‘, yashil shamollar essa ne
ajab?!
Navoiy endi bizni jononga bir oz yaqinlashtiradi, uning orazi, xoli bilan xatti xayolidan so‘zlaydi.
Deydiki:
Orazi, xoling bila xatting xayolidan erur,
Ko‘zlarimning oldida davron qizil, sorig‘, yashil.
Inson kamolot yo‘lidan yurib, oliy haqiqatga yaqinlasharkan, uning husni-tal’atini aniq tasavvur
etishga intiladi, tasavvur etarkan, ko‘z o‘ngida davron kamalakdek jimirlashib ko‘rinsa, ne tong?!
Nainki, davron, balki yorniig husii gulzori yodi bilan, eshik tepasidagi tuynukdan uyga yorug‘lik
tushgandek, ko‘ngilga ham alvon shu’lalar quyilib turadi:
Shishadek ko‘nglimdadir gulzori husning yodidan
Tobadoning aksidek alvon qizil, sorig, yashil...
Turfa shu’lalar ila lim to‘lgan ko‘ngilning murodi esa — vahdat mayidir:
La’lgun may tutqil oltin jom birlan sabzada,
Kim bulardin yaxshi yo‘k imkon qizil, sorig‘, yashil.
Kishi hali yosh (sabza) ekan, oltin (asl) jomda la’lgun may — haqiqiy ishq va e’tiqod sharobini
ichsa, na xush. Qizillik, sorig‘lik, yashillik birikuvining bundan ham yaxshiroq imkoni bo‘lurmi? Bu
sharobni ichganlar esa faqirlik yo‘lini tanlaganlar. Zero, faqirlik — ishq ahlining sharafidir. Faqirlikda
befarq yashash — olam haqiqatidan yiroq tushish mushkul, aksincha, darveshlar to‘niga qizil, sorig‘,
yashil yamoqlar tushishi tabiiy, ya’ni, darveshlik to‘nini kiyib, olamning rang-barang haqiqatini idrok
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |