www.ziyouz.com kutubxonasi
51
Zulfning eshilib, silkina-silkina yuz tegrasida o‘ynoqlanishi shunchaki aytib o‘tib ketilmaydi. Aks
holda, zulf vasfi quruqqina ta’riflangan bo‘lib qolardi. Shoir shu holatga mos hayotiy tamsil topadi.
Tamsil usulida suv bilan o‘ynab turgan hindubachani zulfga muqoisa etadi. Bu qiyosga hindubacha va
zulfning ikki manond belgisi — qoraligi va sho‘xligi asos bo‘ladi. Shuningdek, bu qiyosdan ma’shuqa
yuzining suvday tiniq, musaffo va hayotbaxshligi ayon anglashiladi.
Shoir gazalning mazmuniga mutanosib, sho‘x va o‘ynoqi ohang tanlagan. Bu hazaji musammani
axrabi makfufi mahzuf vaznidir.
G‘azalning klassik qo‘shiqqa aylanishi va xalqqa sevimli, mashhur bo‘lishida ham mana shu shakl
hamda mazmunning badiiy mutanosibligi boisdir.
G‘azal muraddafligi, radifga «o‘ynamoq» fe’li tanlangani tasodifiy emas. Bu ham — badiiy
mutanosiblik taqozosi. G‘azalda mazmun va badiiy tasvir mutanosibligi boshdan-oyoq izchil davom
etadi. Bu esa g‘azalning kompozitsion jihatdan yakpora shaklda vujudga kelishini ta’minlaydi.
Zulfning bolalarga xos o‘yinqaroqlngi tasviri keyingi baytlarda ham o‘sha maromda saqlangan:
Ul sho‘x ko‘ngul lavhin etib tiyra nafasdin,
Bir tifldur, alqissaki, ko‘zgu bila o‘ynar.
O‘ynay-o‘ynay bog‘ladi uyqumni fusundin,
To g‘amzasi ul nargisi jodu bila o‘ynar.
Hayotiy lavhalar bilan qiyoslab tasvirlash, tamsil usuli bu g‘azalda uslubiy vositaga aylangan.
Chunki u butun g‘azal doirasida amal qiladi. Ma’shuqaning ko‘zi tasvirlangan baytga e’tibor bering:
Tong yo‘qqi, ko‘zung bo‘lsa ko‘ngul birla muloyib,
Majnung‘a ajab yo‘q, agar ohu bila o‘ynar.
Bir qarashda, baytda ko‘z tasviri asosiy maqsad emasday tuyuladi. Aslida esa, asosiy maqsad ko‘z
tasviri, buni shoir bevosita emas, bilvosita amalga oshiradi. U shunday mazmunni ifodalaydi: «Sening
ko‘zing mening ko‘nglim bilan o‘ynashgani taajjublanarli emas, chunki majnunning ohu bilan o‘ynashi
tabiiy». Bundan anglashiladiki, shoir ma’shuqa ko‘zi ohu singari go‘zal, hurkak, o‘ynoqi ekanligini,
shuningdek, lirik qahramon ko‘nglining majnunholligiii ham so‘zaro tasvirlab o‘tgan. Hayotiy
asoslarda aks etgan xol tasviri ham diqqatga sazovor:
Bir lo‘liyi bozigar erur chanbar ichinda
Xolingki, o‘shul halqayi gesu bila o‘ynar.
Shoir talqinicha, tebranib turgan ma’shuqa halqasi tegrasidagi xol chambarak ichida o‘yin
ko‘rsatayotgan lo‘livash go‘zalga monand. Demak, vasf etilayotgan xol shunchalar dilnishin va
jozibador.
Odatda, mustaqilligi bilan ajralib turadigan matla’dan oldingi baytda shoir zohidga tanqidiy
munosabatini tamsiliy usulda, obrazli tarzda qistirib o‘tadi:
Zohid bila nafs etsa tamasxur, ne ajabkim,
It sayd qilur vaqtda tulku bila o‘ynar.
Bunda ov chog‘ida itning tulki bilan o‘yini lavhasi zohidning nafsga munosabatini ochib berishga
xizmat qilgan. Bayt zimniga nafsning tulkidek hiylagarligi ham singdirilgan.
G‘azal ixlosmandlarini juda qiziqtirib kelgan tilsimlardan biri yettiichi, ya’ni tugallanma baytning
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |