www.ziyouz.com kutubxonasi
53
qanchalar dolzarb ijtimoiy muammo bo‘lsa, bizniig davrimizda undan ham muhimroq ijtimoiy-axloqiy
muammodir. O‘z umr yo‘ldoshlariga sodiq yashaydigan, hattoki, «pari birla malakka qayrilib
boqishdan orlanadigan chin sevgi sohiblari Navoiyning yuksak orzusidir. Navoiy shunday oshiqona
oriyat — odamiylikning asosiy shartlaridan ekanligini alohida uqtiradi. Bu Navoiyning shoh
baytlaridan bo‘lib, unda shoir mazmun salmoqdorligi va ta’sirchanligini tardi aks (ters takror) san’atini
«malaksiymo parivash» va «pari birla malak» shaklida mahorat bilan qo‘llagan.
Shoir vafo asosiga qurilgan hayotning inson farog‘ati va kamoloti uchun naqadar ijobiy ahamiyatga
ega ekanligini ikkinchi baytdayoq ko‘rsatadi:
Kecha ulkim chirmanur bir gul bila, ne tong, agar
G‘unchadek har subh o‘lub xandon nashot izhori bor.
U oilaviy farovonlikdan bahramand kishini tongla gul-gul ochilib, chor atrofga chiroy
ulashayotgan, muattar hidlar taratayotgan g‘unchaga qiyoslaydi.
G‘azalning navoiyvor tuzilishiga ko‘ra, ko‘pgina asarlar mavzu va g‘oyani bayon etish, uni badiiy
sharhlash va umumlashish xamda xulosa chiqarish kabi qismlardan iborat bo‘ladi. Yuqorida birinchi
qismning ifodasiii ko‘rdik. Uchinchi baytdan mavzu va g‘oyani badiiy sharhlash boshlanadi.
Shoir yuqorida sevikli yor vasli g‘animatlig‘i haqida fikr yuritgan edi. Endi o‘sha fikrni quvvatlash
maqsadida gul va bulbul timsolida ayriliq iztirobi manzaralarini ham chizadi.
Yo‘q ajab bulbulg‘a gul shavqidin o‘lmoq zorkim,
Pardin o‘q jismiga sonchilg‘on adadsiz xori bor.
Klassik she’riyatimiz sahifalarida bulbulning gulga shaydoligini aks ettiruvchi minglab baytlarni
ko‘zdan kechirish mumkin. Ularning aksariyatida bulbulning gulga munosabati tavsifiy xarakterda,
axborot tarzida bayon etilgan. Navoiy esa mazkur baytda badiiy fikrni hayotiy tafsillar bilan asoslash
yo‘lidan borgan. Shoirning talqinicha, bulbulning gulga bo‘lgan muhabbatiga uning shaydoligigina
emas, balki hamdardlig‘i ham boisdir. Gulga bulbulning hamdardligi boisi shundaki, bulbulning
jismiga pardan yasalgan o‘qlar kabi tikanlar sanchilgan. Xuddi shuningdek, gulning badani ham
tikanlar bilan o‘ralgan. Gulning mana shu ozurdajoilig‘iga kuyunish bulbulning gulga mehrini yanada
kuchaytirgan. Badiiy fikrning bu qadar topqirlik va nafosat bilan asoslanishi sharq badiiyati ilmida
«husni ta’lil» deb yuritilgan. Ramziy obrazlar orasidagi bunday mutanosiblik asosida real insoniy
munosabatlar yotadi. Iisonning insonga muhabbati zamirida ham mahbubaning faqat tashqi chiroyidai
bahramandlik emas, balki o‘ning ma’naviy olamiga yaqinlik, u bilan hammaslaklik, hamdardlik
mujassam bo‘ladi.
Koyingi baytdan mahbuba go‘zalligining muayyan qirralari va go‘zallik shavqidagi muhim
kechinmalari ayonlashadi:
Belingu la’ling xayoloti bila ko‘nglum erur
Ankabutekim, oning jon rishtasidin tori bor.
Tasvir doyrasiga mahbubaga doir bel va lab, muhibga doir ko‘ngul obrazlari tortilgan. Ularning
tasviri ankabut, jon rishtasi va tor obrazlari orqali yuzaga chiqarilgan. Badiiy mahorat har qanday
dag‘al jism yoki yoqimsiz jooivorni nafislashtirish quvvatiga ega bo‘ladi. Navoiy g‘azaliyotida
mohirona qo‘llangan bunday obrazlardan biri «ankabut»— oddiy hasharot o‘rgimchakdir. Bir
qarashda, hech bir ijobiy xususiyati sezilmaydigan, xususan, nafis adabiyotdan yiroq bu jonivordan
shoir lirik tasvirga xos qanday imkoniyat topdiykin? O‘zi to‘qigan torlarda o‘rmalab yurish
ankabutning hayot kechirish tarzi. Uning hayotini o‘sha torlarsiz tasavvur qilib bo‘lmandi. Shoir lirik
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |