www.ziyouz.com kutubxonasi
55
undan ham ko‘proq saboq bo‘lgulik ahamiyatga ega.
O‘N SAKKIZ YOSH HAYRATLARI
O‘n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur.
Ne ashab, chun sarvinozim o‘n sakiz yoshindadur.
Desa bo‘lgaykim, yana ham o‘n sakiz yil husni bor
O‘n sakiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur.
O‘n sakiz yil dema, yuz sakson yil o‘lsa. uldurur
Husn shohi, ul balolarkim, ko‘zu qoshindadur.
Hayrat etmon husni maqomdaki, har hayratki, bor
Barchasi ezid taolo sun’i iaqqoshindadur.
Tan anga siymu ichinda tosh muzmar ko‘nglidin,
Aqlga yuz hayrat, ul oyning ichu toshindadur.
May ketur, ey mug‘ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul. ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
To Navoiy to‘kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.
(«Badoe’ ul-vasat», 156-gayaal)
Mashhur va manzur bu g‘azal Alisher Navoiy qarilik lirikasi mahsuli bo‘lib, unda shoir ishqiy-
falsafiy mavzuda bahs etadi. Ramali musammani mahzuf vaznida bitilgan.
G‘azal usluban ta’rif-tavsif tipida yaratilgan. Asarning maqsad-mohiyati o‘n saqkiz yoshdagi
manzur (nazarda tutilgan muayyan siymo) malohatini vasf etishga qaratilgan. Lekin bu vasf inson
umrining navqiron pallasi hamda husnu jamol haqidagi falsafiy mupyuhadalar bilan yo‘g‘irilgan.
Hatto, ba’zi baytlarda tavsif ikkinchi o‘ringa o‘tib qolib, ta’rif, falsafiy umumlashma ifodasi birinchi
darajaga ko‘tariladi. Yoxud ta’rif-tavsif baravar me’yorda, uyg‘un aks ettirilgan bo‘lsa ham, falsafiy
mohiyat e’tiborimizni ko‘proq tortadi. Chunonchi, matla’da o‘n sakkiz yoshli dilbarning
sarvinozligidan ko‘ra, uning shu yoshdagi ma’naviy-ruhiy ahvoli tasviriga kuchli urg‘u berilgan. «O‘n
sakkiz ming olam» — turg‘un so‘z birikmasi bo‘lib, u butun borliq o‘n sakkiz ming olamdan iborat,
degan olamning cheksizligi haqidagi afsoiaviy qadimiy tasavvurlardan kelib chiqqan. Shoir
«Sarvinozimning boshida o‘n sakkiz ming olam g‘avg‘osi bor, ammo bunga ajablanmaslik kerak,
chunki u o‘n sakkiz yoshdadur», der ekan, birgina sarvinoz ahvoliga emas, umuman, insonning o‘n
sakkiz yoshiga ta’rif beradi. Ta’rif umuminsoniy bo‘lganidek, nazarimizda, o‘n sakkiz yashar sarvinoz
ham umumlashma obraz. Asarda o‘n sakkiz yoshli muayyan inson tasvirlangai bo‘lishi ehtimol, uning
hayotiy siymosi bizga ma’lum emas. Balki, matla’dagi ta’rifu tavsifga o‘n sakkiz yashar go‘zal qiz
emas, barkamol bir o‘spirin tal’ati asos bo‘lgandir.
Muhtaram muxlis, Navoiy yigit kishini vasf etgani haqidagi taxminimizga darhol e’tiroz bildirish
yoxud buni noto‘gri talqin etishdan saqlanishingizni so‘raymiz. Bu — hali ilmda o‘rganilmagan
muammo. Navoiyning yigitlar vasfida bitilgan o‘nlab rubobiy (lirik) asarlari borki, ular turli andishalar
bilan «Xazoyin ul-maoniy»ning 1959-— 60 yillarda chop etilgai Hamid Sulaymon nashriga
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |