Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
476
 
XIV 
1. Ardasher ibni Bobak — sosoniylar sulolasidan bo‘lgan birnichi podshoh. «Tarixi muluki 
Ajam»da u quyidagicha xarakterlanadi: «...Har taqdir bila Ardasher Bobak sosoniylarning avvalg‘i 
podshohidir. Va ul Soson binni Bahman nabirasidur. Va aning sharhi budirkim, chun Bahman 
Humoyni valiahd qildi, Sosonkim o‘g‘li erdi, go‘sha tutti, andoqkim, mazkur bo‘ldi... Sosondin bir 
o‘g‘ul qolib erdi, oti aning ham Soson erdi, mutavori va maktum yurur erdi. 
2. Shopur bin Ardasher — sosoniylar sulolasidan bo‘lgan Ardashor Bobakning o‘g‘li. 
3. Hurmuz — qadimiy Eronning sosoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan podshoh. 
4. Bahromi Hurmuz — sosoniylar sulolasiga mansub podshoh. «Tarixi muluki Ajam»da Alisher 
Navoiy Bahrom binni Hurmuz deb bergan. Navoiy yozadi: «Bahrom binni Hurmuz otasi Hurmuz 
vasiyati bila podshoh bo‘ldi va Moniy naqqoshning, millatikim Zindiqa erdi, aning zamonida shoyi’ 
bo‘ldi. Va ko‘p xaloyiq anga firifta bo‘ldilar va aning dinig‘a kirdilar. Atboi qolin va bu Bahrom 
xudoparast erdi va xiradmand podshoh erdi. Tiladikim, Moniyning millatin daf’ qilg‘ay. Avval ani 
umidvorlig‘lar bila musohib va mulozim qildi va atboin o‘zidin vahimsiz qildi, to barcha zohir 
buldilar. Andin so‘ngra ulamoni yig‘ib, aning bila bahsqa soldi va ulamo ani yakfan qilib, kufrni anga 
sobit qildilar. Bu hujjat bila Moniyning terisin so‘ydurub, somon tiqtirdi va atboin qatl etti... Va 
Bahromning zamoni va muddati uch yil va uch oy erdi». 
5. Bagromi Bahrom— sosoniylar sulolasiga mansub podshoh. Alisher Navoiy uni «Tarixi muluki 
Ajam»da Bahrom binni Bahrom tarzyada ataydi. 
6. Bahromi Bahromi Bahrom — sosoniylar sulolasidan bo‘lgan podshoh. «Tarixi muluki Ajam»da 
Bahrom binni Bahrom binni Bahrom deb berilgan. Navoiy yozadi: «Ota va abuka otin anga qo‘ydilar, 
va lekin ani shahanshoh dedilar. Bu laqab bila shuhrat tutti va ul kishikim, bu laqab topti ul erdi. Sha’ni 
arjumand va axloqi dilpisand podshoh erdi, axloqi elga marg‘ub va atvori ulusqa matlub. Zulm binosni 
buzdi va adl asosin tuzdi... Va ul to‘rt oy mulk surdi...». 
7. Narsi—sosoniy podshohlaridan biri. «Tarixi muluki Ajam»da uning to‘lik ismini Narsi binni 
Bahrom deb keltiriladi. 
8. Hurmuzi Narsi—sosoniy podshohlaridan Nasri binni Bahromning o‘g‘li. «Tarixi muluki 
Ajam»da Hurmuz binni Narsi deb berilgai va u quyidagicha xarakterlangan: «Ul bag‘oyat mutakabbir 
kishi erdi. Saltanatidin burun bu sifotin el bilib, andin haroson erdilar... Bir kun g‘oyat 
xudpisandlig‘idin so‘rdikim, maning af’ol va sifotimg‘a ne nima keraklikdur?.. Hakim mundoq javob 
berdikim, xaloyiqqa hokim va sohibi ixtiyor bo‘lg‘ondek o‘z nafsingg‘a ham hokim va sohibi ixtiyor 
bo‘lmoq sanga keraklikdur. Ul bu so‘zdin, chun zoti javhari bor erdi, g‘aflat uyqusidin seskanib, o‘z 
qilig‘i tegrasiga uyrulub, mustahsan avtor tutub, marzi axloq pesha qildi... Va Hurmuzning zamoni 
yetti yil yo to‘qquz yil erdi». 
9. Shopuri Hurmuz— sosoniylar sulolasidan bo‘lgan podshoh. 
10. Ardamer ibni Hurmuz — sosoniylar sulolasidan bo‘lgan podshoh. Alisher Navoiy «Tarixi 
muluki Ajam»da: «Ardasher binni Hurmuz Shopur zul Aktofning inisi erdi. Vafot qilurda chun Shopur 
o‘g‘li kichik erdi, saltanatni inisig‘a berdikim, o‘g‘li ulg‘aysa, anga bergan... Chun Shopur o‘g‘li 
ulg‘aydi, mulkni anga musallam tutib o‘zi oradin chiqti. Saltanati, zamoni o‘n yil erdi», deb yozgan. 
11. Shopuri Shopur — sosoniy podshohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uning 
haqida quyidagilarni yozgan: «Shopur binni Shopur chun taxtqa o‘ltirdi, bag‘oyat atvori, husn va 
axloqi mustahsan podshoh erdi. G‘oyat yaxshilig‘idin Rum podshohini o‘ziga muti’ qilib erdi, andoqki 
qaisar vafoti chog‘ida, chun o‘g‘li kichik erdi, Shopurg‘a kishi yiborib, istido’ qildikim, men 
qaribmen... o‘g‘li kichikdur, bir kishi... yiborkim, Rumda saltanat qilsun, O‘g‘lum ulg‘aysa, mulkni 
anga topshurg‘ay. Shopur Shirvinni yibordi... Chun mulk vorisi ulg‘aydi, Shirvin taxalluf qilmay, 
mulkni anga topshurdi... Shopur chodir ichinda erdikim, qatiq yel qo‘pub chodirni aning boshig‘a yiqti 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin