Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

 
XVI 
1. Oldingi va bu baytning mazmuni: 
«Jat (hayvon o‘rgatuvchi)niig aniq o‘ynatishdan maqsadi non topish bo‘lgach, uni itga tashlash 
mumkinmi, maymun topganini ichiga siqqancha yeb, qolganini lunjiga to‘playdi». 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
479
2. Bu so‘z «Xamsa»ning 1960 yil Toshkent nashrida «boyim» tarzida berilgan. Boshqa manbalarda 
«bim» (qo‘rquv, qo‘rqinch, xavf) shakdlda to‘g‘ri yozilgan. 
3. Baytning mazmuni: «Himmat ahlining fe’li kengligi tufayli, uning oldida boy ham, kambag‘al 
ham birdek ko‘rinadi». 
4. Mazmuni: «Saxiyning qanday boyligi bo‘lmasin, in’om etishda uning qimmati ko‘ziga 
ko‘rinmaydi, hatto oxirgi tangasigacha ehson qilaveradi».
XVII 
1. Bu hikoyat Abu Bakr Muhammad ibn Muhamad ibn al Valid al-Faxri at Turtushi (1220—27 
yilda o‘lgan)ning «Siroj ul-mulk», Abdurahmon Jomiyning «Iskandarnoma» dostonlarida ham bor 
(Ye. E. Bertels, Navoi va Djami, 300—307, 360—389-betlar). Navoiy unga, birinchidan, voqeani 
Mag‘rib zamni (Shimoliy Afrika)da bo‘lib o‘tgani, ikkinchidan, o‘sha joydagi podshohning jang 
vaqtida o‘lgani kabi detallarni qo‘shgan. 
2. «Tirik odamlarga aralashmaydi, eski qabrlardan boshqa joyda turmaydi». 
3. «Yana biri: hech birda kambag‘allik bilan almashinmaydigan abadiy boyliklar». 
XIX 
1. Qarama-qarshi qo‘yish usulidan foydalanib yaratilgan bu baytning mazmuni: «Sher tortishi 
kerak bo‘lgan narsani chumoli qanday tortsin, filning yukini pashshaga ortib bo‘ladimi axir». 
2. Oldingi uch va bu baytning mazmuni: 
«U har ishda zamon ahlidan ustun, shu bilan shohlikka loyiq, quyoshdek zo‘r mehrli, sof ko‘ngil, 
qo‘shin tortganda olamni qo‘lga oladigan, adolat chog‘i xuddi navbahorday charaqlagay, siyosat 
bobida jahonni o‘rtovchi yashinday, shafqatsizlikda dushmanni qaytaradigan,» qattiqlik paytlarida 
xalqparvar bo‘lsin». 
3. «Soliq yozuvchi amaldor xalqqa sitam qilsa, soliq yozuvchi qo‘lini qalamdek qalam qilsin 
(tiisin)». 
4. Kitobat san’ati ishlatilgan bu baytda: zulm so‘zidagi «lom» (l) ila «mim» (m)ni «lam»i jaxdga, 
ya’ni morfologik qoida bo‘yicha, bo‘lishsizliq belgisiga aylaptirib, «zulm» so‘zining o‘zini ham yo‘q 
qilsin deyiladi. 
5. Sening so‘znng garchi jon bag‘ishlog‘chi bo‘lsa-da, hozirgisi 
barchani yoppasiga qirib yuborgudek bo‘ldi». 
6. Yupiter planetasi, forscha nomi Birjis bo‘lib, munajjimlar bu sayyorani «Sa’di akbar» va «Falak 
qozisi», joyi oltinchi falakda, deydilar. 
7. Arastu — yunon faylasuflaridan Aristotel ismining arabcha shakli. Navoiy tasviricha, 
Iskandarning yurishlarida uning yonida birga yurgan, har bir bobda ilm-hikmat yo‘li bilan 
mushkullarini hal qilib turgan yetti olim, donishmand, hakimlardan biri. 
8. Balinos — Iskandar atrofidagi yetti olim, hakimdan birining nomi. 
9. Ilyos — qadimgi adabiyotda bu nom kishilarning daryo safarlarida yo‘ldoshi va yo‘lboshlovchisi 
simvoli o‘laroq gavdalanadi, quruqlik safarlarida esa rahnamo Xizrdir. 
10. Navoiy bu bayt orqali hammani (podshohmi u, gadomi u, qat’i nazar) adolatga undamoqda. 
XX 
1. Anuishrvon — asli ismi Xusrav I bo‘lib, laqabi Anushirvondir. Anushirvon so‘zining ma’nosi — 
adabiy ruh egasi, ulmas ruh egasi demakdir. Anushirvon otasi Qubod o‘lgandan so‘ng (531 yil) taxtni 
egallaydi va Mazdak qo‘zg‘olonini bostiradi, shuning uchun voqeanomalarda adolat timsoli sifatida 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin