www.ziyouz.com kutubxonasi
481
o‘lchovini tayinladi».
15. Bir yig‘och masofa o‘n ikki ming qari (metr)ga teng.
16. Baytning mazmuni: «Uning tashabbusi bilan har bir yig‘och yo‘lga ma’lum belgi qo‘yildi».
17. Mazmuni: «Tig‘i chaqmoqday alangalangach, zanji (qora tanli negr)lar ko‘mirday kuydilar».
18. «Oltin tuxum istab ko‘p mashaqqatga duchor bo‘lma, chunki oltin tuxum beruvchi qush havoga
uchib ketgan (o‘lgap)».
19. «Uning g‘azab o‘ti shunday alangalanib ketgan ediki, go‘yo osmon ichida qiyomat-qoyim
boshlangandek ko‘rinardi».
20. Baytning mazmuni: «Men unga shunday ta’zir beraykim, uni eslaganda har qanday badkirdor
odamning ko‘zi ochilib ketadigan bo‘lsin».
21. Chavgonu go‘y — chavgon—uchi egri uzun tayoq, go‘y — chavgon o‘yinida qo‘llanadigan
to‘p, koptok.
22. «Sirlar tashuvchi (elchi) ikki bukilib dedi: «Joningga haqdan ming-minglab rahmatlar bo‘lsin».
23. «Kishi o‘ziga qul deb xitob qilishi har holda to‘g‘ri yo‘l emas».
24. «Qo‘ton (laylak) katta qushlardan sanaladi, lekin shunqor oldida uning nima joni bor?»
25. Oldingi ikki va bu baitning mazmuni: «Yana biri bukim, shoh menga ehson qilib, go‘y bilan
chavgon yuboribdir. Bunda ham bir maxfiy va ramziy ma’no bor. Masalan, olimlar justuju qilib, yer
yuzini go‘ydek dumaloq ekanini aniqlaganlar».
XXIV 1. Rifq — muloyimlik, yoqimlilik.
2. Mazmuni: «Qaysi amal — o‘rinda bir guruh o‘tirgan bo‘lsa, hammasining mayli boshqa amalga
— yuqori amalga o‘tishida bo‘ladi».
3. «Taassub oraga tashvish solgach, oraga yana nizo-adovat tushdi».
4. Mazmuni: «Bular ichida o‘rta tabaqadagilarning nizolari ashaddyaroq bo‘lib, bularning
noahllig‘idan juda Ko‘p zarar yuzaga keladi».
5. Bu to‘rt baytda Navoiy o‘z zamonida ko‘rgan fojialarini aks ettirgan: «Husayn Boyqaro bilan
o‘g‘li orasiga nizo tushib, ko‘p qon to‘kilgandan, uning o‘g‘illari: oralarida va umuman Temur avlodi
orasida dushmanlik paydo bo‘lib, ko‘p xalqni va bir-birlarini xarob qilganlar.
Mazmuni: «Har qalay ikki darveshning do‘stligi — bir-biriga dushman bo‘lgan ikki shohdan
afzaldir».
XXV 1. Chingizxon (asl nomi Temujin, Temuchin) (taxm. 1155—1227 25. 8)—mo‘g‘ul feodal
imperiyasi asoschisi, sarkarda.
2. «Agar kishi do‘stlikni havas qilsa, to abad unga ushbu masal kifoyadir».
XXVI 1. «Shohi Faridunxaishm»—Iskandarga nisbatan ishlatilgan sifat.
2. «Hikmat oyini donanda»—Arastuga nisbatan aytilgan.
3. Uch baytning mazmuni: «Birovning nojo‘ya bir ishi bo‘lib, uni qilishi zarur bo‘lib qoladi.
Ammo bu ishdan el-yurtga katta-kon zarar yetadigan, tagi qaltis, janjal chiqadigan bo‘lsa, birov bu
ishni man’ etish imkoniyatiga ega bo‘lsayu, bundan o‘zini chetga olsa, u kechirarli emas».