Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

XXVII 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
482
1. Mazmuni: «Kishilar xayr berish uchun Rum, Zangibor, Farang mamlakatlaridan boshqa hamma 
joyga, dunyo bo‘yicha to‘xtovsiz choptilar». 
2. Turon—O‘rta Osiyoning shimoli-g‘arbi va Qozog‘istoning janubi-g‘arbidagi tekislik. 
3. «Hamma iqlimning hukmdorlari bo‘yinlariga itoat xalqasini osib, to‘da-to‘da bo‘lib kelishar 
edi». 
4. Bu va oldingi uch baytning mazmuni: «Xitoy mamlakatining xoqoni Mangu ham, Hind elkning 
boshlig‘i Qoraxon ham, Misr yurtining azizi Varqa’ ham, Dasht elining hokimi Temurtosh ham, 
Xovaron mamlakatidan Farangisu, Shirvon elidan Davoli kabi kishilarning hamma-hammasi Doroning 
ko‘z o‘ngidan o‘tishdi. Shoh va shahzodalarning, sarkarda va amaldorlarning son-sanog‘i yo‘q edi». 
5. Mazmuni: «Lekin Iskandarning shiori sulh va tinchlik edi, u Doroga o‘xshab hovliqmasdi». 
6. «Kecha posbonlari qanchalik hushyor bo‘lsa, qo‘oshn qorovullari ham shunchalik ziyrak— 
bedor edilar». 
7. U (Iskandar) «Xaibar qo‘rg‘onidek handaq yasadi, yo‘q Xaybar emas, Iskandar devoridek 
istehkom qurdi». 
8. Bu ikki baytning mazmuni: «Men hikmat yo‘lida muncha lof urib, ajab yerda urush maydonini 
yoyib-ochib qo‘ngan ekanman. Bu yerdan qaytishning imkoni yo‘q, urush qilsam nuqsondan boshqa 
hech narsa bo‘lmas». 
9. Mazmuni: «Qo‘shinning har tarafini ilg‘or qism o‘rab oltan bo‘lib, ular dushman tarafidan pisib 
keladigan tun o‘g‘rilarini (razvedkachilarni) qo‘lga tushirish payida edilar». 
10. «Go‘yo yerda zilzila paydo bo‘lib, u «o‘z homilasini tashlab qo‘ydi». 
11. To‘rt bayt mazmuni: «Taqdir ikki daryoga jo‘sh soldi, bu g‘avg‘o Mirrix planetasi qulog‘iga 
yetdi. Polvonlar haybatli na’ralar torttilar, bu na’ralar yer qatlamlariga zilzila soldi. Yerda zilzila paydo 
bo‘ldi, «va yer o‘z yuklorini yuzaga chiqardi», qilichbozlar, falak turki (Mirrix planetasi)dek boshdan-
oyoq ko‘k temirga chulg‘andilar». 
12. Borong‘or — harakatidagi qo‘shinining o‘ng qanoti. 
13. «Bu vaqtda jannatga o‘xshash Samarqand yo‘q edi, buni (Samarqandni) Iskandar bino qildi». 
14. Shaypol — Iskandarning qo‘shni boshliqlaridan biri. 
15. «Qurollarning bir-biriga urilishidan chaqmoq o‘ti yarqirar, otlarning kishnashidan esa
momaqaldiroq sadosi eshitilardi». 
16. Mazmuni: «Falak beyaasining tabiati qisirlik bo‘lmaganda, bu g‘avg‘odan u homila tashlab 
yuborar edi». 
17. Boriqi Barbariy— Doroning sobiq askari. U Dorodan ko‘p jabr ko‘rib, Iskandar qo‘shiniga 
xizmatga o‘tgan. 
18. Harron — Doro pahlavonlaridan biri. 
19. Shayda—Harronning qarindoshlaridan, Doroning pahlavonlaridan biri bo‘lgan. 
20. Ravshanak — Eron shohi Doroning qizi. Doroning jang maydonida o‘limi oldidan vasiyatiga 
ko‘ra, Iskandar bu go‘zal qizni xotinlikka olgan. 
21. Bu baytning mazmuni: «Agar davr Doroga zaharni tez bergan bo‘lsa, Iskandarga ham 
abadiyatni bera qolmaydi-ku!» 
XXVIII 
1. Ikki baytning mazmuki: «Kimki shohlik qilishni istasa, barcha askarlarning holidan voqif 
bo‘lsin. Ularning ta’minoti masalasini hal qilganda, har kishining darajasiga qarab izzatini bajo 
keltirsin».
2. «Hayril-umur»—ishning yaxshisi demak, bu yerda «ishning yaxshisi o‘rtachalikdir» degan 
arabcha maqolga ishora qilingan. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin