www.ziyouz.com kutubxonasi
480
shuhrat qozongan.
XXI Mahmud—tarixiy shaxs. Mahmud G‘alnaviy ibn Sabuktagin (1030 yilda o‘lgan)—G‘aznaviylar
davlati hukmdori (998—1030), somoniylarning Xurosondagn noyibi Sabuktagin vafot etgach (997),
taxtni uning katta o‘g‘li Mahmud g‘aznaviy egallaydi. Uni Maisur ibn Nuh II (somoniylardan) Balx,
Termiz va Bust shaharlari noyibi deb tan olishga majbur bo‘lgan. Mahmud G‘aznaviy 999 yili butun
Xurosonna egallab o‘zini sulton deb e’lon qilgan. So‘ngra u 1001 yilda Qoraxonaylar xoni Nasr bilan
shartnoma tuzgan. Shartnomaga ko‘ra, ikkala davlat uchun Amudaryo chegara chizig‘i deb
belgilangan. Xorazmshoh Abulabbos Ma’mun (999—1016) xalq qo‘zg‘oloni vaqtida qatl etilgach,
Mahmud G‘aznaviy 1017 yilda Xorazmnn bosib olgan. Mahmud G‘aznaviy 1025 yilda
Movarounnahrga hujum qilib, Sog‘oniyon hamda Xuttai (Ko‘lob)ni o‘ziga qaratib olgan. U Panjob,
Kashmir va Shimoliy Hindiston viloyatlariga 17 marta talonchilik yurishlari uyushtirgan. Mahmud
G‘aznaviy pahlaviy va arab tillarini bilgan, o‘zi she’rlar ham bitgan. U G‘aznada juda ko‘p nodir
kitoblar to‘plagan (o‘arang: O‘zSE, VII tom, T., 1976, 94-bet).
Badiiy adabiyotda Mahmudni odil podshoh sifatida talqin etish an’anaga aylangan. Nizomiy
Ganjaviyning «Maxzanul-asror» dostonida keltirilgan Sulton Sanjar va kampir xaqidagi, Navoiyning
«Saddi Iskandariy» aslrida Mahmud va Mas’ud (Mahmudning o‘g‘li) hikoyatlar fikrimizga yaxshi
dalildir (ko‘ring: Ye. E. B ye r t ye s, «Navoi i Djami» 390 str.). Navoiy bu hikoyatda Mahmud
hayotiga bog‘liq bir lavha (kampir uyiga bostirib kirgach sarbozlarni jazolashi) orkali uning odil
bo‘lganligini alohida ta’kidlaydi. Nizomiy va Navoiy dostonlarida tasvirlangan Mahmud obrazi tarixiy
Mahmud G‘aznaviy bo‘lmay, buyuk shoirlar badiiy tafakkurlarining mahsulidir.
XXIII 1. Mo‘badi nuktasanj — so‘zga epchil donishmad ma’nosida.
2. Yukoridagi ikki va bu baytning mazmuni: «Yana qissasiga aql yugurtirib, tarixlari ustida ko‘p
o‘ylab ishlarida qanchaki g‘aroyib bo‘lsa u ishda ko‘p ajoyib bor esa, unda mavjud bo‘lgan
yolg‘onlarni chiqarib tashlab, unga nazm bilan bezak bersam», deydi.
3. Fathi bilod — shaharlarni qo‘lga kiritish.
4. Mag‘rib zamin — G‘arb bu o‘rinda Afrika mamlakatlari ma’nosnda.
5. Zangibor — bu o‘rinda Habashiston ma’nosida ishlatilgan.
6. Doro — Eronda o‘tgan kayoniylar sulolasining oxirgi podshohi. Bu haqda yuqorida ham aytildi.
7. Bilodi Farang — Yevropa mamlakatlari ma’nosida.
8. Baytning mazmuni: «U yerning xalqlarini mute’ qilgach, Qrim bilan Andalus (Ispaniya)ni bosib
oldi».
9. Zardusht — qadimgi Eronda o‘tparastlik diniga asos solgan kishi (bu din shu nom bilan mashhur
bo‘lgan),
10. Suhayl nomli yulduz Yaman mamlakatida yaxshi ko‘rinar ekan va u yerda haqiq atalgan
qimmatbaho tosh ko‘p topilar ekan, bu joyda o‘shanga ishora qilinadi.
11. Mazmuni: «Os va Rus tomon yurganda, u yerdagilarnin yuzlari qo‘rquvdan qahrabodek
sarg‘ayib ketdi».
12. Charkas — hozirgi Gruziya sostavida joylashgan mavze. Gurja esa hozirgi Gruziyaning tarixiy
nomi.
13. Mazmuni: «Chigil bilan Yag‘modan xuddi chamanda g‘arbdan sharqqa esgan shamolday o‘tib
ketdi».
14. «Yo‘llarin o‘lchatgach, mamlakatning yo‘llari orasidagi masofalar uchun yig‘och (uzunlik)