Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
12
Demaykim rusul, har nekim topti ruh,
Bu kibritdin borcha topib futuh.
Ne kibrit, gugirdi ahmar ham ul.
Ne gugird, iksiri akbar ham ul.
Vujudingdin
aylab qazo kimiyo,
Misin oltun aylab bori anbiyo.
Bu sabqatki, zotingg‘a berdi Ahad,
Sanga Bul-bashar tong yo‘q o‘lmoq valad.
Atoliqqa
suratda payvand erur,
Vale asli fitratda farzand erur.
Ajab yo‘q sen o‘lmoq ato, ul sabiy,
Bu ma’nig‘adur dol «Kuntun-nabiy»
1
.
Qachonkim, valad bo‘lsa Odam sanga,
Bas ahfod erur o‘zgalar ham sanga.
Xiradg‘a
solib ajz zoting sening,
Xirad ahlig‘a mu’jizoting sening.
Chu Musog‘a
2
«Tavrot» etib Haq bayon,
Sanga ul bayon ichra mu’jiz ayon.
Bo‘lub chunki Dovud
3
qismi «Zabur»,
Sening mu’jizing anda aylab zuhur.
Chu Isog‘a
4
«Injil»
5
nozil bo‘lub,
Haq anda sifotingg‘a qoyil bo‘lub.
Kalomeki
sendin topib intizom,
Aning lafz bar lafzi mu’jiznizom.
Nechakim kutubi osmoniy kelib,
Borisinda sendin nishoniy kelib.
Bo‘lub chun zuhuri valodat sanga,
Bo‘lub fosh nuri saodat sanga.
Aning
partavidin nechukkim quyosh,
Madoyin bo‘lub Makka
6
ahlig‘a fosh.
Sujudungg‘a butlar bo‘lub yerga past,
Aningdekki, but ollida butparast.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: