Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
17
Falakdin demay o‘tmak oson edi
Quyig‘i tihi birla yakson edi. 
Burung‘idakim oyg‘a qildi vido’, 
Qamar manzili bo‘ldi taqtash-shio’. 
Chu kasb etti ul nuri joviddin, 
Qamar poyasi o‘tti xurshiddin. 
Chu raxshi ikinchiga urdi qadam, 
Atoridg‘a
3
sindi davotu qalam. 
Ko‘rub ummiyi ilmlar maxzani, 
Ravon ilm kasb etmak o‘ldi fani. 
Uchunchi sori chun shitob aylabon
Falak Zuhrag‘a
4
ehtisob aylabon. 
Yo‘lidin qochib zohir etmay surud, 
Ravon yoshurub chodiri ichra rud
5

Chu to‘rtunchi sori takovar surub, 
Quyoshqa base sarzanish yetkurub. 
Bo‘la olmayin ul shabistonda fosh
Kirib yer tubiga uyotdin quyosh
6

Beshinchiga chun yetkurub gomni, 
Qilib bandai amri Bahromni
7

Ki, solib ulus tarkidin qing‘a tig‘, 
Qilib tark qon to‘kmagin bedarig‘. 
Chu oltinchig‘a yetkurub rahbari
O‘qub xutbai davlatin Mushtariy
8

Duosig‘a minbarda chun qo‘l ochib, 
Boshig‘a falak naqdi anjum sochib. 
Yetinchiga chun obir aylab samand, 
Saodatdin o‘lub Zuhal
9
bahramand. 
Bo‘lub daf’ aning borcha nahsiyati, 
Quli bo‘lub aning saodat oti. 
Chu aylab sekizinchi sori murur
Savobit topib maqdamidin surur. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
18
Ochib gullarin ul musamman chaman, 
Boshi uzra sochib gulu nastaran. 
Hamal chun aningdek topib mehribon, 
Kerakmas debon Muso yanglig‘ shubon. 
Bo‘lub sadqasi charxi davvor uyi
Qilib davra, andoqki assor uyi. 
Iki paykar ochib duosig‘a el, 
Tongib xizmatig‘a iki yerda bel. 
Musharraf qilib chunki xarchangni, 
Ochib raxshi temorig‘a changni. 
Qochib Sher yetgan zamon ul daler, 
Qari tulku ul nav’kim yetsa sher. 
Bo‘lub Xo‘shag‘a dona gavhar kibi
Ne gavhar kibi, balki axtar kibi. 
Ayog‘ig‘a Mezon qo‘yub boshini, 
Adolat yuzidin tuzub toshini. 
Chayon no‘sh sochmoq qilib ibtido, 
Yetib nishining band-banddin judo. 
Bo‘lub qosh uchidin ishoratnamoy, 
Berib qobi qavsayndin mujda Yoy. 
Suti O‘chkuning shirai jon bo‘lub, 
Aning qatrasi durri g‘alton bo‘lub. 
Yo‘li ustida Qubqakim suv sochib, 
Sochar vaqti suv yo‘qki, inju sochib. 
Falak deb damidin tirilganda Hut 
Ki, «Subhona hayyil-lazi lo yamut»
10

Falak bog‘i andoq topib zebu far 
Ki, bir charx o‘lub anda har nilufar. 
Chu garm aylabon charxi atlasqa ot, 
To‘shab atlasin oti ollinda bot. 
Chu sayr aylab ul necha toram sori, 
Takovar surub Arshi a’zam sori. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin