www.ziyouz.com
kutubxonasi
33
Biyik avjida mehr partavlug‘i
Ki, donish savodida har kimki shoh,
Aning xizmatida bo‘lub xoki roh.
Nizomiycha gar nazmi cholok yo‘q,
Chu el muncha – cholok yo‘q, bok yo‘q.
So‘z avjida gar ul mahi xovariy,
Bu gar yo‘q mahi xovariy, Mushtariy.
Aning la’lida gar duraxshandaliq,
Munung dog‘i durrida raxshandaliq8.
Gar ul rahrav o‘lsa, bu payrav kelib,
Gar ul shoh, bu dog‘i xusrav kelib
Ki, jannat alar maskani to abad,
Navoiyg‘a ma’nilaridin madad.
Yana ham qilib naqdjo‘lug‘ ado,
Bu savdog‘a urdi qadam har gado.
Vale har biriga bir ofat yetib
Kim, ul kom tahsili man’in etib.
Aningkim bo‘lub nazm piroyasi,
Bu savdoni qilmoqqa sarmoyasi.
Topib juz’e sud birla surur,
Solib ko‘ngliga ul sururi g‘urur.
Tajovuz qilib ajzu insofdin,
Qabartib o‘zin da’viyu lofdin.
Chu tarki adab zul etib iqtizo,
So‘z ayturg‘a tavfiq bermay qazo.
Agar naqd ila bo‘lsa ham borliq,
Anga xalq qilmay xaridorliq.
Ne qog‘azdakim nukta aylab raqam,
Raqam qilmay oni yana kimsa ham.
Kishi naql qilmoqqa chekmay nasaq,
Bo‘lub ul varaq raml chekkan varaq.
Bu xayl ichra bir nomurode edi
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
34
Ki, tahrir qilg‘on savode edi
Ki, garchi yuzi zebdin erdi fard,
Niyoz ohidin lek topti navard.
Bu ma’nidin ar zulmat, ar nur erur,
So‘zi goh tillarda mazkur erur.
Chu ul choshnig‘a musharraf bo‘lub,
O‘zi jargaliklardin Ashraf9 bo‘lub.
Bular chun adam sori ko‘chmish edi,
Degil masnaviy oti o‘chmish edi.
Hamul bog‘ aro gul yo‘qu bo‘yi ham,
Qurumish edi ul arig‘ suyi ham.
Bihamdillah, ul gul topib rangu bo‘,
Bir oqqan ariqqa yana oqti suv.
VII
So‘z durlari nazmida nizomiynizom va takallum gavharlari intizomida xusravkalom Nizomiy bila
Xusrav qoyim maqomi, ya’ni hazrati maxdumiy mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy1 madda
zilluhul-oliy alo maforiqi farqat-tolibin janobida arzi niyoz qilmoq va izhori
Birov oldi so‘z kishvarin yakqalam
Ki, qildi qalamni sutuni alam.
Qo‘lig‘a olib nayza o‘rnig‘a kilk,
So‘z iqlimini sarbasar qildi milk.
Bilik avjining mehri toboni ul,
Qayu mehr, so‘z jismining joni ul.
Chu sur’at aro o‘t sochib xomasi,
Yana garm o‘lub nukta hangomasi.
Hamul o‘tqakim, nazm sham’in tutub,
Maoniy shabistonini yorutub.
Chu tab’idin oqib maoni suyi,
Kelib chashmai zindagoni suyi.
Hamul chashmadin chun su bermak tuzub,
Suxanvarlik o‘lgan tanin tirguzub.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |