Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
32
O‘pub boshig‘a sanchibon Mushtari.
Falak ahli ul noma ko‘rgan zamon,
Boshi uzra misvoke aylab gumon.
Quyosh chunki nur anglamay aynidin,
Ani yorutub gardi na’laynidin.
Bo‘lub so‘z mayig‘a chu hushi garov,
Anga jur’akash yo‘q, magarkim birov.
Birov yo‘qki, hinduyi la’bovari,
Ne hinduki, joduyi donishvari.
Ne joduki, donoyi hikmatmaob,
So‘zi nazm devonidin intixob.
Chuchuk
nuktadin yopishib nomasi,
Magar nayshakardin bo‘lub xomasi.
Anga xoma no‘gi qaranful kibi,
Va yo sarvinoz uzra sunbul kibi.
Gah ul sunbuli tar qaranful sochib,
Qaranful dog‘i goh sunbul sochib.
So‘z
ichra anga tezbozorliq,
Bu bozor aro turfa attorliq.
Valek ul do‘koneki mavjud anga,
Sutunu eshik-sandalu ud anga.
Bu attorliqda maqosid bilib,
Ani doli donish Atorid qilib.
Qachon xoma dastonsaro aylabon,
Savodi jahonni qaro aylabon.
Chu
Hindustondin surub doston,
Qilib dahrni dag‘i Hinduston.
So‘zi shohidi majlisoroyi Hind,
Bu majlis ichida o‘zi royi Hind.
Demay roy ani, balki yuz Kedu roy,
Sazodur anga xokro‘bi saroy.
Bu yerga chekib poya xusravlug‘i,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: