Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
16
Demay barqkim, toyiri barqsayr,
Qo‘lida bir ul nav’kim barqtayr.
Biri Arsh ayvonining toyiri,
Biri xuld bo‘stonining soyiri.
Anga Sidra koxi navogoh o‘lub,
Munga ravza bog‘i charogoh o‘lub,
Kelib hosilan Jabraili amin,
Yetib turfa tovusi xuldi barin.
Buroqi
1
sabuk sayri qudsiy sirisht.
Bo‘lub jilvagohi riyozi bihisht.
Falak
sayridin tez orom anga,
Ming illiq falak sayri bir gom anga.
Qayonkim solib gom payki nazar,
Yuz oncha qilib gomi oning guzar.
Chu yetti payomovari rahnavard,
Bo‘lub jabhadin xoki dargahnavard.
Yuzin mehrdek aylagach xoksud,
Habibig‘a yetkurdi Haqdin durud
Ki,
hijron bisotin tay etmak kerak,
Qo‘pub Haq visolig‘a yetmak kerak.
Yeshitgach bu so‘z soyiri charxgom,
Ravon qo‘pti bo‘lmoqqa gardunxirom.
Chekib qosid ul raxshu aylandurub,
Safar sozni qo‘ldab, otlandurub.
Chu
otlandi rokib, nechukkim daraxsh,
Burun surdi Baytul-haram
2
uzra raxsh.
Yana po‘yada qo‘ydi Aqsog‘a yuz,
Ne Aqsog‘a yuz, charxi a’log‘a yuz.
O‘tub hamli avvalda bu bog‘din,
Yelu o‘t bila suvu tufrog‘din.
Chu javlongahi bo‘ldi bu tiyra farsh,
Burun hamlada farshdek qoldi Arsh.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: