Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
5
Yana birni qilding kutubxonae
Ichinda kitobatda farzonae. 
Mudaqqiq zamirida mamlu funun, 
Kelib diqqat ahli aro zufunun. 
Ishi sarbasar la’bu nayrang o‘lub, 
Suvdek qaydakim yetsa, ul rang o‘lub. 
Shiori xaroshi qalam aylamak, 
Nukat safha uzra raqam aylamak. 
Falak durjida lavhi darkordek, 
Davot uzra bir naqshi pargordek. 
Yana birni soz aylading turfa dayr
Aning sokinin aylading tezsayr. 
Boridin itikrak xiromi aning, 
Vale tegmayin yerga gomi aning. 
Manozilg‘a bot-bot qilib intiqol, 
Otin goh etib badru, gohi hilol. 
Vubolu sharaf ko‘rguzub sur’ati, 
Gahi za’fi ortib, gahi quvvati. 
Falak davrida sur’ati ichra zo‘r, 
Tegirmon toshi uzra andoqki mo‘r. 
Chu obog‘a bu nav’ berding sifot, 
Alar tahtida aylading ummahot. 
A’to yetti-yu, to‘rt qilding ano, 
Natija uch etting bulardin yano4. 
Ne tong, gar ano to‘rt qilding muboh 
Ki, to‘rt o‘ldi shar’ ichra joyiz nikoh. 
Birining mizojini tez aylading, 
Aning tab’ini shu’laxez aylading. 
Biriga berib lutfi tab’i hayot, 
Hayot ahlig‘a berding andin najot. 
Birin soyir etting, nechukkim samo
Safo ichra mir’oti getinamo. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
6
Yasoding kasofat birining ishin 
Kim, ul bo‘ldi bu ishdin asfalnishin 
Berib bu tazavvujg‘a payvand ham
Padid aylading necha farzand ham. 
Biriga hajar jismidin to‘shadur, 
Anga naqd balkim jigargo‘shadur. 
Biriga numu jilvasidin hayot, 
Qadi jilvada nayshakar, bal nabot. 
Birin lutf aro javhari jon deyin, 
Anga obxo‘r obi hayvon deyin. 
Munga tegru g‘ilding marotibnavard 
Ki, ochting bashar gulbuni ichra vard. 
Ochilg‘och bu gulshanda inson guli
Ne inson guli, bog‘i rizvon guli. 
Tanig‘a sharafdin duvoj aylading, 
Boshin ham sazovori toj aylading. 
Qilib ko‘nglini roz ganjinasi, 
Yuzin aylading zot oyinasi. 
Anga aylagach nuri husnung zuhur
O‘qubon malak xayli Alloh nur. 
Chu bu nav’ mavjud qilding ani, 
Maloyikka masjud qilding ani. 
Qayu ko‘zguda tutsa aksing vujud. 
Maloyik nechuk qilmag‘aylar sujud. 
Bosh indurmagan aylab izhori ta’n, 
Ne tong ta’m nuni anga tavqi la’n. 
Chu berding anga rutba mundoq baland, 
Qilib ko‘nglini sevmaging arjumand. 
Chu ishqing o‘ti soldi ko‘ngliga tob, 
Quyoshning yuzidin ketordi sahob. 
Quyoshingg‘a xud mone’i yo‘q edi, 
Hijobi aning o‘zlugi-o‘q edi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin