33
2-DARS
TARIXSIZ KELAJAK YO‘Q
2 A
Tayanch so‘z va iboralar:
davlat arbobi, sarkarda, chop etmoq,
nishonlamoq, ilk ajdodlar, yaratmoq, ma’naviy, meros, tolmas, istibdod,
siyosat, qadam qo‘ymoq, mislsiz, yuksalmoq,
parokanda, mahalliy, qarama-
qarshilik, avj olmoq,
ustiga-ustak, uyushtirmoq, istibdod, alam, din
peshvolari, dohiy, taqdir taqozosi, xaloskor, yo‘lboshchi, sahna,
paydo
bo‘lmoq, birlashtirmoq, xaroba, barpo qilmoq, surib yubormoq,
kengaytirmoq, qarash, aks etmoq.
Matnni o‘qing
AMIR TEMUR
2006-yil 9-aprel kuni O‘zbekistonda buyuk
davlat arbobi va sarkarda,
Yevropada “Tamerlan” nomi bilan mashhur bo‘lgan Amir Temurning
tug‘ilganiga 670 yil to‘lishi keng nishonlandi. 1991-yilda O‘zbekiston
mustaqillikka erishgandan so‘ng ilk kunlardanoq, ko‘p asrlar davomida
ajdodlar tomonidan yaratilgan ulug‘, bebaho ma’naviy
va madaniy merosni
tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mashhur davlat arbobi, O‘rta
asrlar islohotchisi, sarkarda,
adolat uchun
tolmas
kurashchi, ilm-fan va
madaniyat
rahnamosi
Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta’lim
mislsiz
darajada yuksaldi.
Siyosiy maydonga qadam qo‘yganida Amir Temur endigina 24 yoshga
kirgandi.
Mamlakat
parokanda,
mahalliy siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro
qarama-qarshiliklar
avj olgandi
. Ustiga-ustak, Chingizxon avlodlari
Movarounnahrga tez-tez bosqin uyushtirib turardi. Taxminan bir asr davom
etgan
bu davrda Movarounnahrning
Dostları ilə paylaş: