www.ziyouz.com kutubxonasi
10
(ostonasiga) va (to‘rt) burchagiga sep. Shunday qilsang, Xudoi taolo sening hovlingdan yetmish xil faqirlikni chiqargay va yetmish xil g‘aniylikni (boylikni) kirgizgay. Va yetmish rahmatni senga nozil qilgay, u rahmat jufting ustida tebranib turgay, toki u rahmatning barakasi uyingning hamma burchaklariga yetgay va u xotin, har qachonkim shu hovlida bo‘lsa, jinni bo‘lmoqdan va maxov bo‘lmoqdan va pes bo‘lmoqdan omon bo‘lgay”. TO‘Y Nikohning mashhur sunnatlaridan biri, elu yurt oldiga baqadri imkon dasturxon yozib,
ziyofat bermoqdir. Ayniqsa, kelin to‘yida pishirilgan taomni g‘animat bilish kerak. Chunki
ulug‘larimiz bu ziyofatda jannat ne’matlaridan bir ulush bor, deyishadi. Hazrati Ibrohim
alayhissalom va payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam bu taom
haqiga duo qilganlar.
TANBEH: nikoh e’loni uchun ehson qilinsa, ortiqcha dabdaba va isrofdan saqlanib,
sunnatga muvofiq to‘y o‘tkazmoq lozim. Qolaversa, faqatgina o‘ziga to‘q kishilarni
chaqirib, kambag‘allarni unutib qo‘ymaslik kerak. Chunki hadisi sharifda faqirlarni
chaqirmay, boylar uchungina tayyorlangan taom eng yomon taomligi ta’kidlangan.
Kelin nikohdan oldin chiroyli kiyimlarini kiyib, sochlarini tarab, ko‘zlariga surma tortishi,
qo‘l-oyoqlariga xina qo‘yishi hamda xushbo‘y atirlar sepib, ziynatlanmog‘i lozim. Lekin
zinhor satri avratni tark etib, yarim yalang‘och holda odamlarga o‘zini ko‘z-ko‘z
qilmasinki, xayr-barakadan mahrum, la’natga mubtalo bo‘lgay.
Kuyov kelinning oldiga kirgach, ikkovlari ham avval ikki rakat nafl namoz o‘qishsin.
Keyin kuyov qo‘lini kelinning peshonasiga qo‘yib shunday duo qilsin: “Allohumma borik
liy fiy ahliy va borik li ahliy fiyya, Allohummarzuqniy minho varzuqho minniy,
Allohummajma’ baynano mo jama’ta fiy xayrin va farriq baynano izo farraqta fiy xayrin”.
Ma’nosi: “Ey Parvardigor! Meni ahlim uchun va ahlimni men uchun xayrli va barakotli qil!
Parvardigoro, ahlimdan menga va mendan ahlimga rizq (farzand) ber! Allohim, albatta
bizni yaxshilik bilan qovushtirding, endi ajratsang ham yaxshilik bilan (ya’ni umr
tugaganda) ajrat!”
Ahli bilan jinsiy aloqa qilishdan oldin ushbu duoni o‘qishi lozim: “Allohumma biismika
istahlaltu farjaho va biamonatika axaztuho, Allohumma famo qazayta shay’an min
rahimiho faj’alhu barran taqiyyan vaj’alhu musliman saviyyan valo taj’al mufsidan
sharikan lishshaytoni”. Ma’nosi: “Ey Allohim! Sening noming bilan buni o‘zimga halol
qildim va sening omonating bilan uni oldim. Parvardigoro, buning rahimida
(bachadonida) nimaniki hukm etsang, uni yaxshi amalli, taqvodor chin musulmonlardan
qil va shaytoni la’inning fasodkor sheriklaridan qilib qo‘yma!”
Yurtimizda nikoh bilan bog‘liq turli urf-odat va marosimlar bo‘lib, ularning hammasi ham
to‘g‘ri va dinimizga mos kelavermaydi. Ayrim joylarida bir g‘alati odat bor. To‘y
tugagach, chimildiqqa kelin-kuyov uchun joy to‘shab, atrofida kelinning amma-xolalari,
yangalari turib olib, kuyovni kutib o‘tirishadi. Kuyov besh-oltita tengdoshlari bilan kelib,
yaqinlari o‘rtasida o‘tirgan kelinni ko‘tarib o‘ringa tashlaydi. Ayollar darrov ularning