ERNING HAQLARI
Ayol o‘z umr yo‘ldoshi bilan yaxshi muomalada bo‘lib, uni ehtirom qilsin, yaxshi so‘zlaru
xush odobi va raftori bilan uning qalbini qo‘lga olsin. Hadisi sharifda: “Ayollarning jihodi
o‘z eri bilan yaxshi muomalada muosharat (tirikchilik) qilishidir”, deyilgan.
Ayol kishi Alloh taolodan savob umidida erining g‘ayrat (rashk) va g‘azabiga sabr qilsin.
Shu bilan birga besh vaqt namozini o‘qisin, ramazoni sharifda ro‘za tutsin, nomusini
saqlasin va eriga itoatli, farmanbardor bo‘lsin, hatto eri tog‘dan menga bir tosh olib kelib
ber desa, yuz o‘girmasin. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar: “Har
qachonki ayol besh vaqt namozini o‘qisa, ramazon ro‘zasini tutsa, o‘z nomusini saqlasa
va o‘z eriga itoat etsa, Parvardigorning jannatiga doxil bo‘ladi”.
Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
32
TANBEH: er: “Ayolim menga itoatkor bo‘lishi kerak”, deb haddan oshib, unga jabr-zulm
qilmasin, shariat ko‘rsatmalaridan chetga chiqmasin.
Erning ruxsatisiz uydan chiqmasin va o‘z eridan boshqalar uchun ziynatlanmasin,
muattar (xushbo‘y) qilmasin va uning to‘shagidan ajramasin, balki u bilan birga
to‘shakda yotsin. Erining oldiga u xohlamaydigan, u yomon ko‘rgan kishilarni
kirgizmasin. Ayol o‘z eriga noshukrlik qilmasin, ko‘p ayollarning odaticha: “Men sizdan
hech yaxshilik ko‘rmadim”, demasin. Kiyimlarini o‘z erining uyidan boshqa joyga
qo‘ymasin.
Agar eri uni o‘pish yo mujomaat qilish va shunga o‘xshash xos muomalotlarga chorlasa,
itoat etsin. Agar bemorlik yo hayz tufayli itoat etolmasa, u holda yaxshilik bilan
tushuntirib, uzr aytsin. Shuningdek, taom hozirlash, chiroq yoqish, tahorat va boshqa
paytlarda suv va sochiq tayyorlash kabi ishlar ayolning zimmasidadir.
Agar ayolning moli bo‘lsa, eriga minnat qilmasin. Ro‘zg‘orning qiyinchiligi, kamxarjligi,
muhtojligi tufayli taloq so‘ramasin. Eriga g‘azablanib, achchiqlanib boqmasin, zarda
qilmasin. Tili bilan ham erining diliga ozor yetkazmasin.
Ro‘zg‘ordagi nafaqa va kamchiliklarni tushkinlik va tundlik bilan aytib ranjitmay, imkon
qadar xotirjam bir kayfiyatda va taklif ohangida, masalan, shuni olish kerakmikan,
shunday qilsakmi, buni olsakmikan, qabilida aytishi, tushuntirishi lozim. Erining toqati,
imkoniyati yetmaydigan narsalarni talab qilmasin.
Iloji boricha eriga do‘stlik va muhabbat izhor qilsin. Eri ishdan yoki biror yerdan kelsa,
uning istiqboliga chiqib, shirinsuxanlik, tabassum va ochiq yuzlik bilan kutib olsin.
Shuningdek, eri uchun ziynatlanib, chiroyli, yarashimli kiyimlarini kiyib, ko‘z va
kipriklariga surma, qo‘l va oyoqlariga xinolar qo‘ysin hamda eriga yoqqan liboslarini
kiyishga diqqat qilsin. Ko‘chadagi hammomga eri ijozat bersa ham aslo chiqmasin.
Rivoyat qilinishicha, sahobai kiromlardan Talha roziyallohu anhu uzoq safarga chiqqan
edilar. U kishi qaytib kelguncha bir o‘g‘illari vafot etdi. Safardan qaytganlarida ayollari
ziynatlanib, xursandchilik bilan kutib oldi. Kechki dasturxon atrofida o‘sha o‘g‘illari
ko‘rinmagani uchun, uni so‘raydilar. Xotinlari hech narsa sezdirmay: “Bir joyga ketgandi,
hozir kelib qoladi”, deb javob qaytardi. Xufton namozidan so‘ng yotoq joylarini to‘shab,
tunni birga o‘tkazadilar.
Ertasiga hazrat yana o‘sha o‘g‘illarini so‘raganlarida, ayollari: “Uni bizga Alloh taolo
omonat bergan edi, yana o‘zi qaytarib oldi. Bizga sabr-toqatdan boshqa chora yo‘q”, deb
muloyimlik bilan tushuntiradilar. Sabrli va soliha ayol shunday bo‘lishi lozim.
Ahli haqiqat oldida soliha ayollarning sifatlari quyidagicha: husni jamoli – Alloh taolodan
qo‘rqish, boyligi - qanoat, zebu ziynati – poklik, ibodati (Alloh taoloning farzlaridan
keyin) – eriga yaxshi xizmat qilish, himmat va irodasi esa o‘limga tayyor turishdir.
Xotin kishi nikohdan to umrining oxirigacha erining uyini o‘ziga lozim tutsin. Erining pul
va molini behuda sarf etmasin, boshqa ayolidan ko‘rgan farzandlariga ham jabru jafo
qilmasin. Xudodan qo‘rqsin. Chunki Alloh zolimlarni sevmas, mazlumlarning ohini
Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
Dostları ilə paylaş: |