www.ziyouz.com kutubxonasi
29
uning qoniga, go‘shti uning go‘shtiga, suyaklari suyaklariga, terisi uning terisiga va juni
juniga badaldir. Xudovondo, ushbu aqiqa molini falonchining (otasining ismi aytiladi)
farzandi uchun do‘zax o‘tidan fido qil!”
Aqiqa uchun so‘yiladigan hayvonning suyaklari sindirilmaydi, bo‘g‘inlaridan ajratilib, bir
qismini doyaga, qolganini xom holda yoki pishirib xalqqa beriladi.
Aqiqa qilingan kuni bolaning sochini oldirib, sochining vazni barobarida elga tilla, nuqra
(kumush) yoki pul sadaqa qilinadi. Garchi qizlarning bolaligida sochini oldirish joiz
bo‘lsa-da, ba’zi kitoblarda qiz bolaning sochini oldirmaslik aytilgan. Ulug‘larimiz va
o‘tgan ajdodlarimiz qiz bolalarni hatto yoshligida ham sochini kesishdan ehtiyot
qilganlar.
Holbuki, bizning zamonamizda boshqa dinlardan o‘tgan vayron va botil odat, ya’ni ayol-
qizlarning soch kesishi an’anaga aylanib bormoqda. Mo‘’tabar kitoblarda ayollarning
beuzr soch kesishlari mutlaqo harom deyilgan.
Payg‘ambar alayhissalom: “Man tashabbaha biqavmin fahuva minhum”, ya’ni o‘zini bir
qavmga o‘xshatgan kishi ham o‘sha qavmdandir, - deb marhamat qilganlar. Boshqa
hadislarida Rasululloh sallalohu alayhi vasallam ayollar kiyimini kiygan erkakka va
erkaklar kiyimini kiygan ayolga hamda o‘zini ayolga o‘xshatgan erkaklarga va o‘zini
erkaklarga o‘xshatgan ayollarga la’nat aytganlar.
Agar farzand kindigi kesilgan yoki xatna qilingan holda tug‘ilsa, uni fazilatli va barakotli
deb bilish kerak. Zero, barcha payg‘ambarlar shunday sifatda tavallud topganlar. Faqat
Ibrohim xalillulloh sakson yoshlarida o‘zlari o‘zlarini sunnat qilganlar. Shundan xatna
qilish sunnat bo‘lib qolgan.
ONA SUTINING XOSIYATI Onaning farzandga sut emizishi ham muhim sunnatlardan biridir. Qur’oni karimning
“Baqara” surasi 233-oyatida: “Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar. (Bu hukm)