nikohdan saqlasunlar. Va joiz emas alarg‘a qorinlaridagi Alloh taolo yaratgan
farzandni yashirmoqlari agar alar bo‘lsalar iymon keltirguchilar Alloh taologa
va Qiyomat kuniga. Va alarning o‘z erlari bularni qaytarib olmoqqa shul muddat
ichida boshqadin alar haqdordirlar agar alar sulhga tolib bo‘lsalar”, deb
buyuradi.
Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
37
Iddaning uch xil holati mavjud:
1. Hayz ko‘radigan ayollar iddasi.
2. Hayz ko‘rmaydigan ayollar iddasi.
3. Homiladorlik hukmi.
Birinchi holatning hukmi shunday: hayz ko‘radigan ozod ayol eri bilan bir jimo’ qilish
mumkin bo‘lgan vaqt xilvat joyda bo‘lganlari yoki jimo’ qilganlaridan keyin eri taloq
qilsa, yoki bir-birlariga teng bo‘lmagani uchun ajrashsalar va yo hayz ko‘radigan
ayolning eri qazo qilsa yoki qozining hukmi bilan nikoh bekor qilinsa, ayolning to‘liq uch
hayz muddatida idda o‘tirishi lozim. Keyin boshqa erga tegishi joiz bo‘ladi. Agar mazkur
ishlar hayz ko‘rayotgan vaqtida bo‘lsa, ushbu hayzi hisobga kirmaydi, iddasining
muddati keyingi hayzdan boshlab hisoblanadi.
Ikkinchi holatda: balog‘atga yetmaganlik, qarilik sababidan yoki balog‘atga yetsa ham
hayz ko‘rmagan ayollarning taloqdagi idda muddatlari to‘la uch oy, ammo mazkur
ayollarning eri o‘lgan bo‘lsa, to‘rt oyu o‘n kundir.
Uchinchisi, ya’ni homilador ayollarning idda muddatlari hamma holatda tuqqunlarichadir.
NIKOHI NORAVO AYOLLAR
Jamiyatimizda bu mavzuga taalluqli ba’zi noxush voqealar bo‘lib turishi sir emas. Xotin
ustiga uning mahrami bo‘lgan opa, singil, amma, xolalari va shunga o‘xshash nikohlab
bo‘lmaydigan va eri dunyodan o‘tgan yo eridan taloq bilan ajrashgan ayollar iddasining
muddati tugamay boshqa erga tegish holatlari uchrab turibdi.
Bizningcha, bu nosha’riy va fosid ishlarning sodir bo‘lishiga, ba’zi domlalarimizning shu
holatdagi ayollarni surishtirmasdan nikohlab berayotganlari ham sabab bo‘lmoqda.
Erkak kishiga nikohlanishi harom qilingan ayollar Qur’oni karimdagi “Niso’” surasining
23-oyatida va fiqhiy kitoblarimizda bayon etilgan.
Erkak kishiga onasining, ota-onasi onalarining (qancha yuqori ketsa ham), o‘z
qizlarining, opa- singillarining, opa-singil va aka-ukalarining qizlari, ya’ni jiyanlarining
(har qancha pastga ketsa ham) va yana amma-xolalarining (har qancha yuqori bo‘lsa
ham) nikohi haromdir. Mazkur toifa ayollar nasab yuzasidan erkak kishining mahrami
bo‘lib, nikohlari abadiy harom qilingan. Ammo amma, amaki, xola va tog‘alarning
qizlarini nikohlari joiz.
Nikoh tufayli nikohi harom qilingan toifa ikki xil: abadiy yoki vaqtincha bo‘ladi.
Nikohi abadiy harom qilingan ayol, bu qaynonadir. Zero, qaynona kuyovga mahram
bo‘lib, o‘z onasidek hurmatga sazovor zot hisoblanadi. Agar bu ayoli bilan qaysi
sabablarga ko‘ra ajrashsa yoki ayoli olamdan o‘tsa ham, qaynonasini nikohlab ololmaydi.
Ikkinchi toifa xotinning boshqa aqrabolari, bu xotini bilan ajrashmaguncha nikohlari
haromdur. Lekin oralaridagi nikoh ajralish yoki o‘lim tufayli bekor bo‘lgandan so‘ng
xotinning boshqa aqrabolariga uylanish joiz bo‘ladi. Xotinning boshqa qarindoshlarining
Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
Dostları ilə paylaş: |