Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
ko‘rgan, faxrlanadigan oti ekan.
Shohning
taajjubi ortib, so‘radi: “Buni qaerdan bilding?” Asir: “Boshqa otlar ariqdan
to‘g‘ri o‘tib ketdilar, bu ot esa ariqdan o‘tgandan so‘ng orqa oyog‘ini silkitib qo‘ydi. Bu
odat faqat sigirgagina xosdir”, deb javob berdi. Podshoh sayisdan bu so‘zning
haqiqat yo
bekorligini so‘rabdi. Sayis chindan ham bu ot tug‘ilganda onasi o‘lib qolgani va boshqa
biya topilmaganidan sigir suti bilan boqilganini tan olibdi. Shoh asirning bilimiga,
farosatiga
qoyil qolib, uni ozod etibdi.
Ko‘rinib turibdiki, farzand tarbiyasida sut emizadigan onaning ham katta ta’siri bor.
Shuning uchun onalar farzandlarini boshqa ovqatlar bilan o‘stirishni imkon qadar tark
qilsinlar.
Taassufki, ba’zi onalar Allohning ulug‘ ne’mati bo‘lmish shirin
farzandlarni tarbiya qilish
o‘rniga, ularni uyda o‘z hollariga tashlab qo‘yib, o‘zlari ko‘cha-ko‘yda, sayru sayohatda
yoki bozorlarda savdo-sotiq bilan mashg‘uldirlar. Bu ahvolda jamiyatda kim solim va
sog‘lom avlod yetkazishga kafolat beradi. (Ey Tangrim! Ota-onalarga o‘z
farzandlarining
tarbiyasi bilan chuqurroq mashg‘ul bo‘lishlarini nasib et!)
Dostları ilə paylaş: