Nuh payg‘ambar qissasidan dars va ibratlar Nuh (a.s.)ning qavmlariga jazo tariqasida yuborilgan To‘fon balosi haqida Qur’on oyatlarini o‘qir ekanmiz,
avvalo bu balo insoniyat boshiga tushgan balolarning eng qattig‘i va dahshatlisi ekanini ko‘ramiz. Bunday
jazoga, hattoki undan qattiqrog‘iga ham Alloh qodirdir:
ْﻢُهﺎَﻨْﻗَﺮْﻏَأ َﻞُﺳﱡﺮﻟا اﻮُﺑﱠﺬَآ ﺎﱠﻤَﻟ ٍحﻮُﻧ َمْﻮَﻗَو ﺎًﻤﻴِﻟَأ ﺎًﺑاَﺬَﻋ َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻠِﻟ ﺎَﻧْﺪَﺘْﻋَأَو ًﺔَﻳﺁ ِسﺎﱠﻨﻠِﻟ ْﻢُهﺎَﻨْﻠَﻌَﺟَو ) ٣٧ ( «Nuh qavmini eslang! Qachonki, ular payg‘ambarlarini inkor etishgach, Biz ularni g‘arq qildik va ularni odamlar uchun ibrat qilib qo‘ydik. Yana biz bu kabi zolimlar uchun oxiratda ham alamli azob tayyorlab qo‘yganmiz».(Furqon, 37.) Bu qissaning bayonida kitobxon uchun bir necha ibratli masalalar mavjud:
1. Qissani bayon qilish uslubi. Alloh taolo To‘fonning dahshatini shunday tasvir etganki, bundagi balog‘at
va fasohat Qur’oni karimning mo‘‘jizalaridandir. Alloh taolo shunday deydi:
َﺮِﺟُدْزاَو ٌنﻮُﻨْﺠَﻣ اﻮُﻟﺎَﻗَو ﺎَﻧَﺪْﺒَﻋ اﻮُﺑﱠﺬَﻜَﻓ ٍحﻮُﻧ ُمْﻮَﻗ ْﻢُﻬَﻠْﺒَﻗ ْﺖَﺑﱠﺬَآ ) ٩ ( ٌبﻮُﻠْﻐَﻣ ﻲِّﻧَأ ُﻪﱠﺑَر ﺎَﻋَﺪَﻓ ْﺮِﺼَﺘْﻧﺎَﻓ ) ١٠ ( ٍﺮِﻤَﻬْﻨُﻣ ٍءﺎَﻤِﺑ ِءﺎَﻤﱠﺴﻟا َباَﻮْﺑَأ ﺎَﻨْﺤَﺘَﻔَﻓ ) ١١ ( ﻰَﻘَﺘْﻟﺎَﻓ ﺎًﻧﻮُﻴُﻋ َضْرﻷا ﺎَﻧْﺮﱠﺠَﻓَو ْﻣَأ ﻰَﻠَﻋ ُءﺎَﻤْﻟا َرِﺪُﻗ ْﺪَﻗ ٍﺮ ) ١٢ ( ٍﺮُﺳُدَو ٍحاَﻮْﻟَأ ِتاَذ ﻰَﻠَﻋ ُﻩﺎَﻨْﻠَﻤَﺣَو ) ١٣ ( ًءاَﺰَﺟ ﺎَﻨِﻨُﻴْﻋَﺄِﺑ يِﺮْﺠَﺗ َﺮِﻔُآ َنﺎَآ ْﻦَﻤِﻟ ) ١٤ ( «Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi ham (Uni) inkor etgan edi. Ular bandamiz (Nuh)ni