«Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday derdilar: «Men sizlarga Alloh taolo Ibrohim (a.s.)ni nima uchun «xalil» deganining sababini aytib berayinmi? Chunki Ibrohim har tong otganda va har kun botganda: َنﻮُﺤِﺒْﺼُﺗ َﻦﻴِﺣَو َنﻮُﺴْﻤُﺗ َﻦﻴِﺣ ِﻪﱠﻠﻟا َنﺎَﺤْﺒُﺴَﻓ ) ١٧ ( ِضْرﻷاَو ِتاَوﺎَﻤﱠﺴﻟا ﻲِﻓ ُﺪْﻤَﺤْﻟا ُﻪَﻟَو َنوُﺮِﻬْﻈُﺗ َﻦﻴِﺣَو ﺎًّﻴِﺸَﻋَو ) ١٨ ( ﻲِﻴْﺤُﻳَو ِّﻲَﺤْﻟا َﻦِﻣ َﺖِّﻴَﻤْﻟا ُجِﺮْﺨُﻳَو ِﺖِّﻴَﻤْﻟا َﻦِﻣ ﱠﻲَﺤْﻟا ُجِﺮْﺨُﻳ َﻚِﻟَﺬَآَو ﺎَﻬِﺗْﻮَﻣ َﺪْﻌَﺑ َضْرﻷا َنﻮُﺟَﺮْﺨُﺗ ) ١٩ ( «Bas, tunga kirish paytlaringizda ham, tongga kirish paytlaringizda ham Allohga tasbeh aytingiz! Osmonlar va Yerdagi (bor) hamd Unikidir. Oqshomda ham, peshin paytiga kirishlaringizda ham (tasbeh
aytingiz)!». Alloh o‘likdan tirikni chiqarur, tirikdan o‘likni chiqarur va yerni «o‘lgandan» keyin (bahorda
qayta) tiriltirur. Sizlar ham qiyomat kunida qabrlaringizdan shu tarzda chiqarilursizlar»(Rum, 17-19.) - degan mazmundagi ushbu duolarni o‘qir edilar».
Ibrohim (a.s.)dagi barcha buyruqlarga itoatni, barcha ibodatga sabrni Alloh ko‘rib, uni «xalil» qilib oldi va
boshqa xalqlarga payg‘ambar qildi, o‘zidan keyingi odamlarga peshvo qildi, uning zurriyyotidan
payg‘ambarlarni chiqardi, muqaddas kitoblarga ega qildi, uning nomini barcha millat va xalqlar tilida hurmatli
qildi, qaysi millat va din egalari bo‘lmasin, hammalari uning otalari va ulug‘ payg‘ambar ekanini tan oladigan
qildi, oxiratda ham e’zozli odam ekanligiga ishora qildi.
Ibrohim (a.s.)ning eng katta xotinlari Sora, undan ikkinchi o‘g‘illari Ishoq (a.s.) tug‘ildilar.
Ikkinchi xotinlari Misrning Qibt qabilasidan Hojar, undan birinchi o‘g‘illari Ismoil (a.s.) tug‘ildilar.
Uchinchi xotinlari Qanturo binti Maftur, undan Madon, Madyan, Yaqson, Zamron, Yasbaq va Suh ismli
o‘g‘illar tug‘ildi. Yaqson avlodlari Makkada joylashdilar. Madon va Madyan avlodlari Shuayb payg‘ambarning yurti bo‘lgan
Madyan shahrida qo‘nim topdilar. Boshqa avlodlari turli yerlarga tarqalib ketdilar. Ular otalariga: «Ey, otajon,
akalarimiz Ismoil va Ishoqni yaxshi shaharlarga joyladingiz, biz esa notanish yerlarga tarqalib ketdik» -
deyishganda, Ibrohim (a.s.) ularga: «Allohning buyrug‘i shunday bo‘ldi» - deb javob berdilar. Keyin ularga
Allohning ismlaridan birini o‘rgatdilar va: «Shu ism bilan yordam va suv so‘rasangizlar, najot topasizlar» -
dedilar. O’g‘illarining ba’zilari Xurosonga ketdilar va u yerda podshohlik martabasida bo‘lib, ular «Hoqon» deb
nomlandilar. To‘rtinchi xotinlari Hajur binti Arhir, undan beshta o‘g‘il: Kayson, Shavrax, Umaym, Lo‘ton va Nofis tug‘ildi.
Shu’ayb ibn Al-Jubboiyning rivoyat qilishicha, Ibrohim olovga tashlanganda, uning yoshi o‘n oltida bo‘lgan,
Ishoq zabh etilganda, uning yoshi yettida bo‘lgan, Sora Ishoqni tuqqanda, yoshi to‘qsonda bo‘lgan. Shuning
uchun Ishoq so‘yiladigan bo‘lganini eshitib, onasi Sora ikki kun kasal yotgan va uchinchi kunda vafot etgan. U
vafot etganda yoshi to‘qson yettida edi.
Ba’zi olimlarning fikricha, Sora binti Horon bir yuz yigirma yetti yoshda vafot etgan va Ibrohim (a.s.) sotib
olgan Hibrun deb nomlangan maydonga dafn etilgan.
Hojar esa Soradan avvalroq vafot etgan edi.
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)