Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
42
«Eslang: Ibrohim o‘z o‘g‘li Ismoil bilan birgalikda Uy (Baytulloh)
ning poydevorini ko‘tardilar» - degan
oyatlardir.
Ibn Abbosning fikricha, bu kalimotlar: Ibrohim (a.s.)ning peshvo qilinishlari, Ibrohim (a.s.) o‘g‘illari Ismoil
bilan Ka’ba binosini qurishlari, Haj manosiklari, Maqomi Ibrohim, Makkada yashovchilarning rizqlarini barakotli
qilish va U kishining zurriyotlariga Muhammad (s.a.v)ning payg‘ambar qilib yuborilishlari to‘g‘risidagi oyatlardir.
Ibn Abbosning yana bir fikricha, mazkur kalimotlardan murod Haj manosiklaridir.
Ibn Abbosning yana bir fikricha, mazkur kalimotlardan murod poklikdir; beshtasi boshda, beshtasi badanda.
Boshdagisi: mo‘ylabni qirqish, og‘izni chayish, burunni tozalash, misvok tutish, sochning farqini ochishdir.
Badandagisi: tirnoqlarni olish, avratni tozalash, xatna qilish, qo‘ltiqni tozalash va najosat va siydik chiqqan joyni
suv bilan yuvishdir.
Qatoda (r.a.) va Abu Xolid ham Ibn Abbos (r.a.)ning oxirgi fikrini quvvatlaydi.
Ibn Abbosning yana bir fikricha, «mazkur kalimotlar»dan murod, insonda oltita, masho‘irlarda to‘rtta
amallardir. Oltita insondagisi: avratni tozalash, xatna qilish, qo‘ltiqni tozalash, tirnoqlarni olish, mo‘ylabni
qirqish, jum’a kuni g‘usl qilish, masho‘irdagi to‘rttasi esa: Ka’bani tavof qilish, Safo va Marvani sa’y qilish,
Shaytonga tosh otish va ifoza tavofini qilishdir.
Ash-Sha’biyning fikricha, «mazkur kalimotlardan biri Ibrohim (a.s.)ni xatnaga buyurilishlaridir.
Abu Ishoqning Ash-Sha’biydan rivoyat qilishicha, mazkur kalimotlardan murod Ibrohim (a.s.)ning haqiqiy
Rabbini qidirib, yulduzga, oyga, quyoshga qarab gumon qilishi, olovga tashlanishi, vatandan hijrat qilishi va
o‘z-o‘zini xatna qilishidir. Ibrohim (a.s.) shularning bariga sabr qilganlar.
Mu’oz ibn Anas otalaridan rivoyat qiladilar:
Dostları ilə paylaş: